Page 13 - 2022 - yillik hisobot
P. 13
O‘ZRVB MISSIYASI, YONDASHUVI VA
FAOLIYAT MAQSADLARI
O‘zRVB Rivojlanish strategiyasiga muvofiq:
O‘zRVB missiyasi
birja savdolarining yangi imkoniyatlarini joriy etish va respublikada qulay investitsiya
muhitini rivojlantirish uchun ishonchli, shaffof va innovatsion birja bozorini shakllantirish
orqali mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va restrukturizatsiyasiga ko‘maklashish
deb e’tirof etiladi.
O‘zRVBning maqsadi
birja bozorining hajmi va likvidligini oshirishni ta’minlovchi birja savdolarini yanada
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yuqori texnologiyali infratuzilmani
joriy etish va birja mahsulotlarini diversifikatsiya qilish orqali regulyatorga pul-kredit va
valyuta siyosati maqsadlariga erishishda ko‘maklashish hisoblanadi.
O‘zRVB yondashuvi
ko‘p funksiyali va yuqori texnologiyali birja platformasi sifatida birja bozorining barcha
ishtirokchilariga keng doiradagi birja mahsulotlari va xizmatlaridan ishonchli va shaffof
foydalanish imkonini yaratish.
O‘zRVB faoliyatidagi ustuvor qadriyatlar:
Xodimlar – bu eng muhim va qadrli resurs:
CHEC Jamoa ishi, hamjihatlik
CHEC O‘zaro hurmat va o‘zaro yordam
CHEC Xodimlarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni rivojlantirish
CHEC O‘zaro ishonch
13