Page 18 - 2022 - yillik hisobot
P. 18
mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish (maslahat berish va moliyaviy
savodxonlikni oshirish);
birja savdolarining asosiy ishtirokchisi sifatida O‘zRVBning barcha segmentlarida
market-meykerlik institutini joriy etish va rivojlantirish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish:
Ushbu sohada Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida
quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
GEND zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda
biznes-jarayonlar va birja savdolarini avtomatlashtirish ishlarini davom ettirish;
GEND O‘zRVB faoliyatining barcha bo‘g‘inlarida elektron hujjat aylanmasi jarayonlarini
takomillashtirish va qo‘llash, shuningdek, birja savdolari bo‘yicha hujjatlarni shakllantirish,
qabul qilish va jo‘natish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
GEND yangi birja mahsulotlarini joriy etish munosabati bilan yangi elektron savdo
platformalarini tashkil etish va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
GEND zamonaviy veb-texnologiyalardan, xususan, veb-xizmatlar va mobil ilovalardan keng
foydalanish va ularni rivojlantirish.
Post-treyding xizmatlarini yanada rivojlantirish maqsadida barqaror, yuqori texnologiyali va
xalqaro standartlarga javob beradigan hisob-kitob - kliring tuzilmasini yaratish uchun Markaziy
bank bilan birgalikda yuridik shaxs shaklida va markaziy kontragent maqomiga ega hisob-kitob
- kliring markazini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlar doirasida birja savdolari yakunlari bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini
uzluksiz amalga oshirish maqsadida Markaziy bankda O‘zRVB vakillik hisobvarag‘ini ochish
bo‘yicha ishlar ham ko‘zda tutilgan.
Hisob-kitob-kliring faoliyatini yanada rivojlantirish, risklarni boshqarish tizimini joriy etish
va takomillashtirish, shuningdek, bu yo‘nalishda yangi dasturiy-texnologik majmualarini ishlab
chiqish uchun hisobot yilida zarur me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish ko‘zda tutilgan edi.
18