Page 19 - 2022 - yillik hisobot
P. 19
2022-YILDA RIVOJLANISH
STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyatsion targetlash
rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PF-5877-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zRVBning Rivojlanish
strategiyasini amalga oshirish doirasida bir qator tegishli tadbirlar amalga oshirildi.
Valyuta bozori
Birja valyuta bozorini yanada rivojlantirish, savdo ishtirokchilari uchun qo‘shimcha
qulayliklar yaratish, birjadan tashqari bozordan likvidlikni birjaga jalb qilish maqsadida
2022-yil davomida O‘zRVB tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi, jumladan:
ARRO valyuta spot operatsiyalari ishtirokchilari tomonidan to‘lanadigan vositachilik mukofoti
miqdori optimallashtirildi va ikki barobar qisqartirildi;
ARRO valyuta svop bozori ishtirokchilari 2023-yil 1-mayga qadar vositachilik mukofoti to‘lashdan
ozod etildi;
ARRO O‘zRVB valyuta bozorida risklarni samarali boshqarish maqsadida markaziy kontragent
faoliyati joriy etildi. Markaziy kontragent faoliyatini amalga oshirishda O‘zRVB valyuta
bozorida tuzilgan bitimlarning bajarilishini ta’minlash majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi;
ARRO O‘zRVBda tuzilgan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash uchun
Kafolat fondi tashkil etildi.
Markaziy kontragent faoliyatining joriy etilishi savdo ishtirokchilariga bitimlar
bo‘yicha mablag‘larni o‘z vaqtida olishni kafolatlash va risklarni boshqarishning samarali
mexanizmini joriy etish imkonini berdi.
Bundan tashqari, valyuta operatsiyalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda
bitim tomoni sifatida ishtirok etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan, markaziy kontragent
faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan likvidlik provayderlari O‘zRVB valyuta bozorida
o‘z faoliyatini boshladi.
O‘zRVBda ilk bor joriy etilgan market-meykerlar instituti, markaziy kontragent va
likvidlik provayderi faoliyati valyuta bozorida defoltni boshqarish tizimini sifat jihatidan
yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib, shubhasiz, respublikamiz moliya
bozorini rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega.
19