Page 4 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 4

KIRISH
                     Yer  yuzida  tuproqlarning  geografik  tarqalishi:  vertikal  va  gorizontal
            zonallik  qonuniyatlar    bo‘yicha  tarqalgan  bo‘lib,  O‘zbekiston  xududining
            tuproqlari  ham  shu  qonuniyat  boy‘icha  tarqalgandir.  Tog‘  va  tog‘  oldi

            qiyaliklarida tarqalgan tuproqlar  vertikal qonuniyat bo‘yicha, cho‘l zonasining
            tuproqlari tekislik yani gorizontal qonuniyat bo‘yicha tarqalgan.
                      “O‘zbekiston      tuproqlari      va      ularning      evolyutsiyasi”            fani
            Respublikamizda  tarqalgan  tuproqlar  haqidagi  fan  bo‘lib,  xududimizda
            tarqalgan  tuproqlarning  geografik  tarqalishini,  genezisini  (kelib  chiqishini),
            tuzilishini,    evolyutsiyasini  (rivojlanishini),  tuproqlarning  tip  va  tipchalarini,
            tarkibini, xossalarini, tuproqning unumdorligini  saqlash va tiklash, tuproqlarni

            muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanishni  o‘rganish  fanning  asosiy
            maqsadi  va  vazifasidir.  O‘zbekiston  tuproqlari  va  ularning  evolyutsiyasini
            o‘rganish,  tuproqlarning  geografik  tarqalishi    va  ularni    muhofaza  qilish
            bo‘yicha qator chora-tadbirlar tizimi belgilangan.
                    O‘zbekiston Respublikasida mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar

            tayyorlash  jarayonini  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko‘tarish,  oliy  ta‘limni
            modernizatsiya qilish, ilg‘or ta‘lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy
            soha  va  iqtisodiyot  tarmoqlarini  rivojlantirish  borasida  O‘zbekiston
            Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  8  oktyabrdagi  PF-5847-sonli  Farmoni
            hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirishning  2020–
            2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu strategiyada ishlab
            chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish,

            qulay  agrobiznes  muhitini  va  yuqori  qo‘shilgan  qiymat  zanjirini  yaratish,
            kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor
            mexanizmlarini,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,
            ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish
            maqsadi qo‘yilgan.
                     “Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi  muassasalarini  Davlat  ta‘lim

            standartlariga muvoffiq takomillashtirilgan me’yoriy va uslubiy xujjatlar hamda
            zamonaviy  o‘quv  adabiyotlari  bilan  ta‘minlash  to‘g‘risida”  gi  O‘zbekiston
            Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  10  oktyabrdagi  Oliy  ta‘lim
            muassasalarini  o‘quv  adabiyotlar  bilan  ta‘minlash  to‘g‘risidagi  VM-816
            Qaroriga  asosan  yuqorida  ko‘rsatilgan  yo‘nalishlarda  ta‘lim  olayotgan
            bakalavriat talabalariga “Tuproqshunoslik va agrokimyo” fanidan olgan nazariy
            bilimlarini yanada mustahkamlash uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari

            olib boriladi.
                    “O‘zbekiston  tuproqlari  va  ularning  evolyutsiyasi”    fanini  chuqur
            o‘rganish uchun  uni nazariy va amaliy  bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.
                     Ushbu  darslik  “O‘zbekiston  tuproqlari  va  ularning  evolyutsiyasi”  fanini
            o‘rganishda        60810800-Tuproq           bonitirovkasi        va     yer     resurslaridan
            foydalanish yo‘nalishiga mo‘ljallangan.

                                                            4
   1   2   3   4   5   6   7   8   9