Page 5 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 5
I.BO‘LIM
TUPROQLARNING GENEZISI VA EVOLYUTSIYASI
1-mavzu. FANNING MAQSADI, VAZIFALARI VA RIVOJLANISHI.
O‘zbekiston Respublikasida tarqalgan tuproqlarning genezisi va
evolyutsiyasi, tip va tipchalarining o‘ziga xos tavsifi, ularning asosiy xossalari
va tabiiy iqlim sharoitlari, xilma-xil tuproqlari, ulardan samarali foydalanish,
O‘zbekiston Respublikasida yer va tuproqqa oid qabul qilingan xujjatlar, Yer
kadastri qonuni, Yer kodeksining qabul qilinishi, Yer monitoringi, lalmikor va
sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirish va tuproqlarni
muxofaza qilishning ahamiyati o‘rganiladi [1].
Respublikamizning viloyatlarida ekinlar ekishda foydalaniladigan
tuproqlarni muxofaza qilish muhim axamiyatga ega. O‘zbekistonda yerni
muhofaza qilish va yerdan oqilona foydalanish konstitutsion ahamiyatga ega
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurish siyosati, yer munosabatlarini tartibga solishga
yer resurslaridan unumli foydalanish darajasini oshirishga obyektiv sharoitlar
yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qarorlarda, yerdan to‘g‘ri
foydalanish, yerning sifati, tuproqning unumdorligini oshirish, yerlarni
muxofaza qilish, ulardan samarali va oqilona foydalanish eng dolzarb
vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Respublikamizda
sug‘orilib,ekinlar ekiladigan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashga
katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, meliorativ tadbirlarni to‘g‘ri qo‘llash va
meliorativ tadbirlar o‘tkazish uchun davlatimiz tomonidan katta mablag‘lar
ajratilgan.
Respublikamizda tarqalgan tuproqlar turli xil iqlim sharoitda paydo
bo‘lganligi uchun belgilangan tadbirlar ham turlicha bo‘lib, tadbirlarni ishlab
chiqish, tuproqlarning paydo bo‘lishini va ularning xossalarini bilish muhim.
Respublikamizda qabul qilingan farmonlar, qonunlar va qarorlar:
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil yerlarni bonitirovkalash qonuni, 1998
yil 30-apreldagi «Yer kodeksi», 1998yil 29- avgustdagi «Yer kadastri» qonuni,
2000 yil 26-dekabrdagi «Yer monitoringi» nizomi, 2004 yildagi «Fermer
xo‘jaliklari to‘g‘risida» 2007 va 2014 yillardagi yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash, 2009-2010 yillardagi «Fermer xo‘jaliklarini optimallash
to‘g‘risidagi» 2019 yil fermer xo‘jaliklari va klasterlar bo‘yicha qabul qilingan
qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, zamonaviy meliorativ tadbirlar tizimi
amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi” fanini chuqur
o‘rganish uchun uni nazariy va amaliy bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Yer yuzida tuproqlarning geografik tarqalishi: vertikal va gorizontal
zonallik qonuniyatlar bo‘yicha tarqalgan bo‘lib, O‘zbekiston xududining
tuproqlari ham shu qonuniyat bo‘yicha tarqalgandir. Tog‘ va tog‘ oldi
5