Page 8 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 8

joy qurilishlari va boshqalar ta‘sirida  tuproqlarning qoplami o‘zgarib, «sanoat
            eroziyasiga» uchrashiga olib keladi [3;4].
                     Tuproqlarni  tabiiy  va  antropogen  ta’sirlardan  muhofaza  qilish,  suv  va

            shamol        eroziyasidan,       ikkilamchi       sho‘rlanishdan,        sho‘rtoblanishdan,
            zichlanishdan,         botqoqlanishdan,         sahrolanishdan,         degumifikatsiyadan,
            agroximikatlardan,  zararli  elementlar  bilan  ifloslanishidan,  tuproqlarning
            nordonlanishidan  va  ishqorlanishidan,  sanoat  eroziyasidan  va  tuproqning
            boshqa zararlanishlaridan saqlash hozirgi  kunning  muammosidir.
                      Tuproq ma’lum sharoitidagi  turli tabiiy omillar  (suv, havo,  o‘simliklar,
            tirik  organizmlar  va  boshqalar)  birgalikdagi  o‘zaro  ta’sir  natijasida,  yer

            yuzadagi har xil  jinslardan paydo bo‘ladi.
                    V.V.Dokuchayevning tuproqning genezisi  haqidagi g‘oyalari, fikrlari bu
            sohadagi hozirgi zamon ilmiy qarashlarning  asosini tashkil etadi.
                   N.M.Sibirsev  Tuproqshunoslik  fanining  asoschilaridan  biri  bo‘lib,
            tuproqshunoslik darsligini yaratgan.

                   N.A.Kostichev  tuproqlarning  yer  yuzasida  paydo  bo‘lishida  biologik
            nurash  jarayonlari  va  bosqichlariga,  yaniy  flora    va  faunaga  alohida  e’tibor
            bergan    va  o‘zining  ko‘plab  dala  sharoiti  hamda  laboratoriya  tadqiqotlari
            asosida  tuproqning  paydo  bo‘lishi,  bu  birinchi  galda  biologik  jarayon  deb
            ko‘rsatadi,  shunga  ko‘ra  tuproq  quyidagiga  ta’rif    beradi:  ”Tuproq  deganda,
            o‘simliklarning ildizlari chuqur kirib boradigan  yer yuzasining ustki qatlamini
            tushunish kerak” [2;14].
                   P.A.Kostichev  tuproq  haqidagi  tushunchani  o‘simliklar  dunyosi  bilan

            chambarchas bog‘laydi.
                   V.R.Vilyams tuproq  haqida  o‘z  fikrini  tuproq unumdorligiga  alohida
            urg‘u  bergan.    O‘simliklarning  o‘sishi  va  rivojlanishi  tuproqlarning  xossalari
            bilan  bog‘liq  bo‘lib,  tuproqlarda    tabiiy  holatda  o‘sadigan  o‘simliklar  va
            madaniy  ekinlarning    o‘sib-rivojlanishi  uchun  zarur  shart-sharot  yaratiladi  va

            yuqori  hosil  olish  ta’minlanadi.  Mamlakatimiz  tuproqlarining  kelib  chiqishi,
            ularning    ayrim  xossa-  xususiyatlari  haqida,    IX-X    o‘rta    asrlarda  buyuk
            allomamiz  Abu  Rayxon    Beruniyning    “Mineralogiya”      asarida  ham  tuproq
            haqida eng ilg‘or fikr-g‘oyalar aytilgan.
                   Beruniy  asarlarida  O‘rta  Osiyo,  jumladan  O‘zbekiston    hududidagi
            tuproqlarning tog‘ jinslari va minerallarning nurashidan hosil  bo‘lganligini va
            xossa-xususiyatlari  to‘g‘risida  yozib  qoldirilgan.  Asarda  yozilishicha  tog‘

            jinslari va minerallarning quruqlikda nurashidan  tuproqlar paydo bo‘lganini  va
            yozib  qoldirilgan  “Mineralogiya”    asari    tuproqshunoslik  fanining  yuzaga
            kelishiga  o‘sha  davrlardayoq  asos  solinganligini  va  asarda  keltirilgan
            ma’lumotlarning  ahamiyatini  yaxshi  bilamiz.  Qor,  yomg‘ir  va  oqar    suvlar
            g‘ovak    jinslarni  yuvadi,  yemiradi,  shamol  esa    ularning  mayda  chang
            zarralarini  uchirib  ketadi”,  deb  ko‘rsatadi.  Allomamizning  bu  fikrlari  tuproq



                                                            8
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13