Page 11 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 11

keng  ko‘lamda  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borilmoqda.  O‘zbekistonda
            tuproqshunoslik fanining rivojlanishi yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishiga
            davlatimizda unumdor yerlarning ko‘payishini ta’minlashga, xalqimiz turmush

            farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
                   Hozirgi  vaqtda  O‘zbekistonda  tog‘  va  tog‘  oldi  mintaqalarining
            tuproqlari, sug‘oriladigan va  lalmi tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilab,
            unumdorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, tiklash borasida  ilmiy-amaliy ishlar olib
            borilmoqda.  Tuproq  iqlim-sharoitlariga  ko‘ra  ekinlarini  to‘g‘ri  joylashtirish,
            turli  agrotexnik  tadbirlar  tizimidan  to‘g‘ri  va  samarali  foydalanishga  ko‘proq
            ahamiyat berilmoqda.

                    Tog‘ tuproqlarining xossa-xususiyatlarini o‘rganish, ularning muhofazasi
            borasida kompleks ishlar olib borishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
                                      Tuproqlarning  hosil bo‘lish bosqichlari.
                       Litosfera-yerning    ustki  «qattiq»  qobig‘i    «sfera»-shar,  qobiq  degan
            ma’noni  anglatadi.  Biosfera-hozirgi  davrda  yashab,  faollik  ko‘rsatib  turgan

            organizmlar tarqalgan qobiq. Biota tirik va o‘lik  organik qoldiq bo‘lib,u flora
            (o‘simlik turlari) va fauna (jonzot turlari)ning yig‘indisi [2].
                   Yer  yuzidagi  tirik  organizmlar  tarqalgan,  ularning  doimiy  ta’siri  ostida
            bo‘lgan va faoliyati mahsulotlari  egallagan qobiq biosfera (yunoncha «bios»-
            hayot,  «sfera»-shar)  deb  yuritiladi.  Biosfera  litosferaning  ustki  qismi  (3km
            chuqurlikkacha),  havo  qobig‘i  atmosferaning  quyi,  troposfera  qismini  (15km
            gacha)  va suv qobig‘i-gidrosferani  (11km gacha)  o‘z ichiga oladi. Hayotning
            yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladigan «ozon

            qatlami»  (22km)  dan  o‘tkaziladi  va  biosferaning  umumiy  qalinligi  33-35  km
            deb belgilangani bu tushunchani birinchi marta avstriyalik geolog olim E.Zyuss
            (1875)  ishlatdi.  Yerning  alohida  qobiqlari-geosferalarini  o‘rganayotganida
            hayot tarqalgan qobiqni  «biosfera» deb ajratdi.
                      Biosfera  haqidagi  ta’limotning  asoschisi  rus  olimi,    akademik

            V.I.Vernadskiy  [1863-1945]  hisoblanadi.  V.I.Vernadskiy  birinchi  bo‘lib  yer
            sayyorasi  evolyustiyasida  tirik  organizmlarning  ro‘li  va  ahamiyatini  ochib
            bergan va biosferani biogeokimyoviy o‘rgangan.
                   Biosferaning hosil bo‘lishida  abiotik, biotik va noobiotik bosqichlarga
            ajratiladi.  Abiotik bosqichda (4,5-3,5mlrd. yil oldin) yerda hayotning vujudga
            kelishi  va  rivojlanishi  uchun  sharoitlar  yuzaga  kelgan.    Biotik  bosqichda
            (3,5mlrd.  yil  oldin)  dastlabki  tirik  organizmlar  suv  muhitida  paydo  bo‘lgan.

            Noobiotik  bosqichining  shakllanishi  40-50ming  yil  oldin    boshlangan  deb
            hisoblanadi. Yerning ustki qattiq qatlami litosfera har xil birikmalardan iborat
            bo‘lib,  tog‘  shpati,kvars,slyuda  kabi  minerallardan  hamda  ohaktosh,  granit,
            marmar  kabi  tog‘  jinslaridan  tashkil  topgan.  Hozirgacha  tabiatda
            minerallarning 3000ga yaqin xillari va shundan 50taga yaqini tog‘ jinslarining
            tarkibida uchraydi. Geokimyoviy jarayonlarning natijasida anorganik minerallar

            hosil  bo‘ladi,  biokimyoviy  jarayonlar  natijasida  hosil  bo‘lgan  minerallar  esa
                                                            11
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16