Page 15 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 15

2-mavzu. RESPUBLIKAMIZDA TARQALGAN TUPROQLARNING
                                 GENEZISI, EVOLYUTSIYASI VA TASNIFI
                     Respublikamizda        tarqalgan      tuproqlarning        tabiy     sharoitlari     va
            tuproqlarning hosil bo‘lishlari va ularning turli omillar ta’sirida yuzaga kelishi

            yer  yuzida  tuproqlarning  kelib  chiqishi  va  bu  tuproqlarning  turli  o‘ziga  xos
            xususiyatlari va xossalarining tuproqlarni hosil  qiladigan turli omillarning bir-
            biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqligi tuproqshunoslikda o‘z isbotini topgan.
                    Dokuchayevning  tavsiyasiga  ko‘ra  tuproqlarning  hosil  bo‘lishidagi  turli
            iqlimiy-tabiiy shart-sharoitlarni tuproqlarning hosil bo‘lish sharoitlari deb,
            iqlimni, tuproqlarni hosil qiluvchi tog‘ jinslarini tuproq hosil qiluvchi ona
            jins,  tekislik  va  balandliklarning  o‘zgarishini-relyef,  flora    va  fauna,
            tuproqning  yoshi  kabilarni    tuproq  paydo  qiluvchi  omillar  deb  yuritiladi:

            tuproq  paydo  bo‘lishida  o‘zaro  chambarchas  bog‘liq.  N.M.Sibirsev,
            P.A.Kostichev,  V.R.Vilyams,  S.A.Zaxarov,  S.S.Neustruyevlar    fanga  6-omil
            antropogen omilni kiritdi va  ushbu ta’limotning rivojlanishiga o‘z hissalarini
            qo‘shgan.
                    Ma’lum  bir  tabiiy  sharoitlar  ta’sirida  tuproq  hosil  qiluvchi

            omillarning  turli  xil  ona  jinslarning  qatlamlanib  to‘planishi  natijasida
            tuproqlarning         profilining       shakllanishiga        tuproqning        evolyutsiyasi
            (rivojlanishi) deyiladi.
                      Tuproqlarning  rivojlanishi  bu-Evolyutsiyasi  deganda  to‘liq  ravishda
            yaxshi rivojlangan tuproqlarning turi va yangi vujudga keladigan tuproq paydo
            qiluvchi  omillar  ta’sirida  o‘zgarishi  tushuniladi.  Buning  natijasida  muayyan
            genetik tipchaga kiradigan tuproq boshqa tipchaga yoki tipga o‘tadi.

                     Bularga sabab: 1). Iqlimning sovushi va isib ketishi, namlikning oshishi
            va quruqlashuvi; 2). Relyefiga ko‘ra sizot  suvlarining o‘zgarishi; 3). Tuproq
            paydo  bo‘lish  jarayonlari  natijasida  tuproqning  tarkibi  va  tuzilishida  ro‘y
            beradigan o‘zgarishlar kiradi.
                   Tuproqlarning    o‘xshash  belgilari,  kelib  chiqishi,  unumdorligi  va
            xossalariga  ko‘ra  muayyan  guruhlarga  birlashtirishga  tuproq  tasnifi

            deyiladi.
                     O‘zbekiston    tuproqlarini  M.U.Umarov,  S.A.Shuvalov,  N.V.Kimberg,
            B.V.Gorbunov, A.Z.Gunesov va R.Qo‘ziyevlar tasniflagan. (MDH tuproqlarini
            V.V.Dokuchayev,  N.M.Sibirsev,  P.A.Kostichev,  N.D.Glinka,  S.S.Neustruyev,
            K.K.Gedroyes,  N.N.Rozov,  E.N.Ivanova,  I.P.Gerasimov,  A.A.Zavalishinalar
            tasniflagan).
                     Tuproq    paydo  qiluvchi  omillar:  tuproq  ona  jinsi,  iqlim,  relyef,

            o‘simlik va hayvonot olami, tuproqning yoshi kabilar kiradi.
                      1.Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar.
                    2.Iqlim-tuproq hosil qiluvchi muhim omildir.





                                                            15
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20