Page 17 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 17
3-mavzu. O‘ZBEKISTON TUPROQLARNING UMUMIY XOSSALARI
Tuproqning unumdorligi, biogenligi va biotasi.
Akademik V.R.Vil’yamsning [1936] tuproqlardagi unumdorlik va uning
ko‘rsatkichlarining rivojlanishidagi xizmatlari katta.
Tuproqning unumdorligi bu-tuproqlarning o‘simliklarni va ekinlarni suv,
oziqa moddalar hamda elementlar bilan bir vaqtning o‘zida uzliksiz ta’minlab
tura olish qobiliyatiga unumdorlik deyiladi.
Tuproq unumdorligining kategoriyalari:
1.Tabiiy unumdorlik
2.Suniy unumdorlik
3.Potensial (yashirin) unumdorlik
4.Effektiv(samarali)
5. Nisbiy unumdorlk
6.Iqtisodiy unumdorlk
1.Tabiiy unumdorlik- tuproqning tabiiy holatidagi unumdorligidir
2. Suniy unumdorlik-insonlar tomonidan tuproq unumdorligini oshirish
bo‘yicha olib borilgan tadbirlar. Yer haydash, ekin ekish, o‘g‘itlash kabilar.
3. Potensial (yashirin) unumdorlik-tabiiy unumdorlik va suniy
unumdorlik-ning birgalikdagi yig‘indisi.
4. Effektiv (samarali) unumdorlikda - iqlim va agrotexnik tadbirlar
tizimida ekilgan ekinlardan hosil olishdagi samaradorligi bo‘lib, bu
unumdorlikda ekinlardan olinadigan hosildorlik bilan izohlanadi.
5.Tuproqlarning nisbiy unumdorlik ko‘rsatkichida - muayyan guruhdagi
yoki biror turdagi o‘simliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bo‘lgan
munosabati, talabi bilan belgilanadi.
6. Iqtisodiy unumdorlik.
Unumdorlik kategoriyalari
1.Tabiiy
unumdorlik
6.Iqtisodiy 2.Suniy
unumdorlk unumdorlik
3.Potensial
5. Nisbiy
unumdorlk (yashirin)
unumdorlik
4.Effektiv
(samarali)
17