Page 21 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 21

umurtqali  (kalamushlar,  bursiqlar,  sug‘urlar)  jonzotlar  ham  kiradi.Tuproqda
            xosil bo‘ladigan biomassaning asosini o‘simlik ildizlari tashkil qiladi. Masalan,
                           2
                                                                                                        2
            ularning 1m  tuproqdagi quruq og‘irligi 1000, o‘rmonzorlarda esa 3000 g/m  ga
            etadi  (Weaver,  1954).  Katta    yomg‘ir  chuvalchanglari  ham  nematodalar  kabi
                                                                                     2
            neorganik tuproqlarda ko‘ plab uchraydi, ularning soni 1 m  da 300 dan ortadi.
            Makrobiotlar tuproq qatlamlarining almashib turishida va uni bo‘shroq holda,
            qotib  qolmasligida  muxim  ro‘l  o‘ynaydi.  Katta  makroskopik  umurtqali
            jonzotlar  tuproq  bilan  o‘simlik  qoldiqlari  orasida  uchraydi  va  o‘zlari  uchun
            yashash va saqlanish joyi topadi. Bunday  jonzotlar kriptoza (berkinuvchi) lar
                                                                                2
            deb  ham  aytiladi.  Shunday  organizmlarning  0,5-1  m   joyda  144  tur  vakili
            uchragan.  Ular  ichida  qora  chigirtkalar,  tarakanlar,  tuproq    qo‘ng‘izlari  ko‘p
            bo‘lib, ular ichidagi 11% yirtqich jonzotlar toifasiga kiradi [Tarpley, 1967].
                   Tuproqdagi    jonzotlar  o‘simlik  qoldiqlarini  mexanik  ravishda  parchalab,
            ularga  boshqa  xususiyat  beradi  va  mikroorganizmlar  yordamida  chirishiga
            imkon  yaratiladi.  Niderlandiya  tuproqlarida  to‘plangan  o‘simliklarning  o‘lik

            barglarining  52,10%  ini  ko‘p  oyoqlilar  va  tuproqdagi  boshqa  xayvonlar
            o‘zlashtiradi.  Tuproq    jonzotlari    o‘zlashtirgan  o‘simliklar  qoldiqlarining  90-
            95%  ini  ekskrement  sifatida  tuproq  muxitiga  chiqaradi.  Shu  ekskrementlar
            mikroorganizmlar  tomonidan  chiritiladi  va  tuproqda  mineral  hamda  organik
            moddalar xosil bo‘ladi.
                      W.Dunger  [1974]  taklifi  buyicha  tuproq  jonzotlari  katta-kichikligi
            buyicha 4 ta guruhga bo‘linadi:
                     1).  Mikrofauna  guruhiga  juda  mayda,  kattaligi  10-15  mk  atrofidagi

            umurtqa-sizlardan sodda tuzilgan jonzotlar hamda nematodalar kiritilgan.
                    2).  Mezofauna  guruhiga  bir  oz  kattaroq  2-3  mm  kattalikdagi  kanalar,
            oyoqdumlilar,  xasharotlar  va  boshqalar  kiritiladi.Ular  tuproq  qurishi  ya’niy
            namlik  kamayishiga  chidamsiz  organizmlar  xisoblanadi, tuproq  sug‘orilganda
            o‘simliklar  ildizlari  va  boshqa  organizmlar  atrofida  kislorod  to‘planadi,  shu

            kislorod jonzotlarning nafas olish manbai hisoblanadi.
                     3). Makrofauna guruhiga kiruvchi jonzotlarning kattaligi 2-20 mm ga
            etib, ularga chuvalchang, ko‘poyoqlilar, qurtlar va boshqalar kiradi.
                    4). Megafauna guruhining vakillari yer kavlovchi sut emizuvchi jonzotlar
            (sug‘urlar,  kalamushlar,  bo‘rsiqlar  va  boshqalar)dir.  Yer-tuproq  qatlamlarini
            kovlab 3-5 m chuqurliklarda yashaydigan xayvonlar ham o‘zlariga xos ekologik
            guruh  hisoblanadi.  Yuqorida  bayon  qilingan  fikrlardan  ma’lumki,  tirik

            organizmlarning  o‘sishi,  ko‘payishi,  rivojlanishi  va  tarqalishida  edafik
            omillarning ahamiyati kattadir.
                     A.A.Rodening  iborasi  bo‘yicha    tuproq  paydo  bo‘lish  jarayoni
            quyidagicha        ta’riflangan:      Tuproq       qatlamlarida         moddalarning          va
            energiyaning  to‘planishi,  to‘plangan  moddalarning  o‘zgarishi  va
            harakatlanish  hodisalarining yig‘indisi- tuproq paydo bo‘lish jarayonidir

            degan.
                                                            21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26