Page 25 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 25

S.S.Neustruev,  N.A.Dimo  strukturali    bo‘z  tuproq  deb,  A.N.Rozanov  bu
            tuproqni  qirning  bo‘z  tuprog‘i  deb  atagan.    Cho‘lning  bu  tuprog‘ini
            I.P.Gerasimov tuproqlarni alohida tipga ajratish fikrini bildirgan. N.V.Kimberg

            [1949], S.A.Shuvalov, Y.V.Lobova [1960] lar  sur tusli qo‘ng‘ir bu tuproqning
            kelib chiqishini har tomonlama chuqur o‘rganib, alohida tipga ajratgan.
                     Cho‘l  zonasidagi  sur  tusli  qo‘ng‘ir    tuproqlar  juda  issiq  va  o‘ta  quruq
            iqlimda  har  xil  jinslarning  karbonatli,  ko‘pincha  sho‘rlangan  ellyuviysi  va
            prolyuviysi ustida siyrak o‘sadigan shuvoq  va sho‘ralar ta’sirida paydo bo‘ladi.
            Tuproqdagi  biologik  jarayonlar  asosan  bahor  va  kuzda  faol  bo‘ladi.  Yozda
            o‘simliklar  tezda  qurib  ketadi,  biologik  jarayonlar  va  mikroorganizmlar

            faoliyati  to‘xtaydi,  shuning  uchun  ham  sur-qo‘ng‘ir  tusli  tuproqlarda  organik
            moddalar kam to‘planadi.
                    Klassifikatsiyasi:  cho‘l  xududidagi  sur  tusli  qo‘ng‘ir  tuproqlarining
            tipchalari:
                    1.Tipik sur tusli qo‘ng‘ir; 2. Oz (kam) karbonatli sur tusli qo‘ng‘ir.

                   Cho‘lning bu tipdagi tuproqlari 2ta tipga ajratilgan. Tipik sur tusli qo‘ng‘ir
            tuproqlar  O‘zbekiston    xududi  Turon  past-tekisligining  g‘arbiy  cho‘llari
            Ustyurtning baland tekisligida tarqalgan.
                     Oz yani kam karbonatli sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sharqiy Betpaq dala
            platosida hamda Balxash  ko‘li atrofida tarqalgan.
                   Xozirgi  vaqtda  sur  tusli  qo‘ng‘ir  tuproqlarning  termik  rejimlariga  va
            rivojlanishi bo‘yicha  3ta tipchaga ajratilgan:
                      1.Qish faslining soviq kunlarida tuprog‘ining qatlamlari muzlaydigan sur

            tusli qo‘ng‘ir cho‘l tuproqlari (Mang‘ishloq, Ustyurtning markaziy qismi, Qizilqum,
            Betpaq dalaning shimoliy xududi).
                      2.Qisning eng sovuq kunlarida qisqa davrlarda muzlab o‘tadigan subtropik
            mintaqaning  sur  tusli  qo‘ng‘ir  cho‘l  xududi     tuproqlari  Ustyurt  platosining  janubiy
            qismi  va  Qizilqum,  Qoraqumdagi  Zaungiz-Xorazm  viloyatida,  Farg‘onadagi

            Yozyovon cho‘lida tarqalgan.
                      3.Subtro‘pik  mintaqaning  iliq  o‘lkalarining  muzlamaydigan  sur  tusli
            qo‘ng‘ir  cho‘l tuproqlari  (Qoraqum  va  Kopetdag‘-Turkmaniston respublikasida               va
            boshqa past tekisliklarda tarqalgan).
            Qatlamida  oqish  dog‘li  konkresiyali  karbonatlar  uchraydi.  Tuproq  profilining
            18-25sm.  chuqurligida  bo‘zg‘ish  tusdagi  gipsning  kristallari  bilan  bir  qatorda
            suvda tez eriydigan tuzlar ham joylashgan. Tuproq profilining 25-30sm.qatlami

            zichlashgan qatlamli. Bu tipdagi tuproqlarning  mexanik tarkibi qumli-qumoq
            va  yengil  qumoqlidir.  Tuproqlarining  yuzasida  ko‘pincha  qirrali  toshlardan
            iborat.
                   Cho‘lning  sur  tusli  qo‘ng‘ir  tuproqlarida  gumusning  miqdori  0,2-0,8%,
            gumusining  tarkibida  fulvokislotalar  ko‘p,  C:N  5-8,  azot  0,02-0,06%,  fosfor
            0,009-0,15%, kaliy 1,20-140% atrofida bo‘lib, 100gramm tuproqdagi singdirish

            sig‘imi 5-8 mg/ekv.atrofida. Bu tipdagi tuproqlarning singdiruvchi kompleksida
                                                            25
   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30