Page 29 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 29
5.1-rasm och tusli bo‘z tuproqlar.
2.Tipik bo‘z tuproqlar dengiz satxidan 350-500metrdan 600-
800metrgacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan. Tipik bo‘z tuproqlar
O‘zbekistonda Chirchiq va Ohangaron daryolarining yuqori terrasalarida,
Farg‘ona vodiysi atrofidagi tog‘ oldi past-tekisliklarida va adirlarida, Zarafshon,
Kitob-Shaxrisabz, Surxondaryoning tog‘ oralig‘ida va daryolarning yuqori
terrasalarda tarqalgan. Tipik bo‘z tuproqlar asosan lyo‘ssli va lyo‘ssimon
delyuvial ona jinslardan hosil bo‘lgan.
5.2-4rasmlar turli yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlar.
Tabiiy-iqlim sharoiti.
0
Iqlimi-keskin o‘zgaruvchan. o‘rtacha harorat +12 +13,5 atrofida,
0
yillik yog‘in miqdori 300-500mm, yog‘inlar asosan qish va bahor oylarida
yog‘adi, qishi uncha sovuq emas, sernam. Bahori iliq va seryog‘in keladi, yozi
issiq.
O‘simliklari-efemerlar. Relyefi turlicha. Tipik bo‘z tuproqlarning
gorizo‘ntlari ancha yaxshi ifodalangan. Chirindili qatlami A+B 50-60sm, A-
qatlamining qilinligi 4-6 sm chimli qatlam bo‘z-sur rangli yaxshi donodar
strukturali, A2 donodor, uvoqli strukturaga ega, B1 qatlami 18-35sm. Sur-qungir
uvoqli strukturali, karbonatlar oq mag‘orli, Jonivorlar izi pastga qarab
karbonatli tugunchalar boshlanadi, B2 65-70sm. kulrang-sarg‘ish tusli,
changsimon strukturali.
29