Page 30 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 30

3.To‘q    tusli  bo‘z  tuproqlar  dengiz  satxidan  700-1000metrdan  1400-
            1600metrgacha  bo‘lgan  balandliklarda  tarqalgan.                      To‘q  tusli  bo‘z

            tuproqlarning tabiiy sharoitlari.
                                                                  0
                       Iqlimi: yumshoqroq, harorat +10+12 , qishi ancha sovuq. Yillik yog‘in
            miqdori 400-500mm.ni tashkil etadi, sharqiy Fargonada, Hisor vodiysida 600
            mm gacha yog‘in yog‘adi.























                                        5.6-rasm to‘q tusli lalmi bo‘z tuproq.

                     Tog‘ning to‘q tusli bo‘z tuproqlari tarqalgan xududlarning florasi o‘ziga
            xos  bo‘lib,  daraxtlar,  ular  orasida  efemerlardan  yaltirbosh,  ismaldoq  va
            boshqalar uchraydi. Releyfi makrorelyefli nishabliklardan tashkil topgan.
                     To‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarning    gumusli  qatlami  yaxshi  ifodalangan,

            gumusli gorizo‘ntining (A+B) qalinligi 80sm dan ortiq bo‘ladi.
                   Geografik  joylashishi,  relyefi va tuproq paydo qiluvchi omillari.
                      Respublikamiz  xududida  Lyoss  va  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan
            tipik  bo‘z    tuproqlar    tarqalgan.  Lyoss  va  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan
            tipik  bo‘z    tuproqlar    Toshkent  viloyati  Qibray  tumani  May  qishlog‘ida
            tarqalgan  tuproqlar  misolida  o‘rganib  chiqilgan.  G‘arbiy  Tyan-Shan  tog‘  oldi
            tekisliklarida,
                     Chirchiq-Keles daryolarining oralig‘ida tarqalgan. Bu hududlarda qizg‘ish

            tusli  Neogen  davri  va  bo‘z  sarg‘ish-malla  rangli  lyoss  yotqiziqlarida
            shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlar  tarqalgan  bo‘lib,  ular  tog‘  oldi  hududlarida
            asosan  daryo  paleogen  yotqiziq  qatlamlari  mavjud    bo‘lgan  qizg‘ish  tusli
            cho‘kmalardan iborat.
                     Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqlar  to‘rtlamchi  davr  lyoss

            yotqiziqlarining pastki  qatlamlarida joylashgan bo‘lib, juda ko‘p maydonlarda
            tarqalgan  va  eroziyaga  uchragan  joylarda  yuza  qatlamlarda  ochiq  holatda
            uchraydi.
                      Lyoss  yotqiziqlarining  qalinligi  bir  metrdan  ortiq  ba’zi  yerlarda  bu
            qatlamlar juda yuza joylashgan bo‘lib, qatlamlarda uchlamchi va ohakli sozlar,
            qumlar  va  konglomeratlar  uchraydi.  Ba’zi  joylarda  ochiq  holatdagi  qizg‘ish


                                                            30
   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35