Page 26 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 26

++
            kalsiy va magniy miqdori ko‘p bo‘lib, Ca  72-85%, Mg                    ++  11-20% ni tashkil
            qiladi.  pH-ishqoriy;    gips  ko‘p,  ko‘pincha  30-40  sm.  tuproq  qatlamida
            joylashgan. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlaridan ekinlar ekib, tuproqqa organik va

            mineral  o‘g‘itlar  kiritib,  tuproqlarning  unumdorligining  oshirilishiga  alohida
            agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlar  belgilash,  dastlabki  o‘zlashtirish  yo‘llari
            ko‘k-yashil o‘tlar, beda ekish, sideratlardan foydalanish tavsiya etiladi. Yerlarni
            yomg‘irlatib,  tomchilatib,sug‘orish    yaxshi  natija  beradi.  Ilmiy  tajribalarda
            Malik    cho‘lda  yerlarni  atvalsiz  plugda  65-75  sm.gacha  tuproq  qatlamlari
            yumshatilib,  chuqur  haydalganda  tuproqning  suv-fizik  xossalari  yaxshilanib,
            ekinlardan yuqori xosil olingan.




















                                            4.1-4rasmlar cho‘l tuproqlari.

                    2.Taqirsimon  tuproqlar  cho‘lning  asosiy  tuproqlaridan  biri.  Taqirli

            tuproqlar qurigan tekisliklarning daryo vodiylarida hamda deltalarida uchraydi.
            Bu  tuproqlarda  xossa  xususiyati  taqir  tuproqlarga  nisbatan  ancha  yaxshi,
            gumusga biroz boy, suv-fizik xossalari ancha yaxshi. Mexanik tarkibi ko‘proq
            qumoqli,    soz-qumoqli,  gumusga  kambag’al,  0,3-0,8%,oziqa  elementlar  juda
            kam.
                   3.Taqir  tuproqlar.  Cho‘l  zonasida  tarqalgan  taqir  tuproqlar  oqib
            keltirilgan loyqalarning to‘planishidan hosil bo‘lgan.

















                                            4.5-7 rasmlar taqir tuproqlar.

                     Y.V.Lobova, A.V.Xabarovlarning 1983 yilgi ma’lumotlariga asosan Osiyo
            qismida taqir tuproqlarning maydoni 1,1mln. gektardan iborat. Cho‘l xududidan

            oqib  o‘tadigan  Amudaryo  va  Sirdaryolarning  qadimgi  allyuvial  tekisliklarida
                                                            26
   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31