Page 24 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 24
II-BO‘LIM.
RESPUBLIKADA TARQALGAN TUPROQLAR
4-mavzu. CHO‘L MINTAQASINING TUPROQLARI.
Cho‘l zonasining tuproqlari janubiy mintaqalarda Orta Osiyida, janubiy
Qozog‘iston va Ozbekistonning past-tekisliklarida tarqalgan. O‘zbekiston
Respublikasining deyarli 70% dan ortiq yerlari cho‘l xududida tarqalgan.Cho‘l
xududlaridagi qumli-cho‘llarga – Buxora viloyati atrofidagi Qizilqum qumli-
cho‘l va Farg‘onadagi Yozyovon cho‘llari ham qumli-cho‘l, Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi Ustyurt baland tekisligi (platosi), Xorazm viloyatidagi
Zaungiz va Toshcoqa baland tekisligi, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari xududidagi
Malikcho‘l va Mirzacho‘l, Surxondaryo viloyatidagi Sherobod va Qiziriq
cho‘llari, Qahqadaryo viloyatidagi Qarshi cho‘llarida taqir, taqirli va sur-
qo‘ng‘ir tusli cho‘l tuproqlari tarqalgan.
Cho‘l xududining tuproqlarining hosil bo‘lishidagi sharoitlar: Iqlimi juda
jazirama va quruq. Zonaning shimoliy qismida o‘rtacha yillik harorat +10+12 ,
0
0
iyulda +23+27 0 yanvarda -10-12 soviq. Yillik yog‘ingarchilik miqdori
125mm.dan 200 mm.gacha bo‘lishi mumkin.
0
Qor-yomgir asosan mart, aprel va may oylarida yog‘adi, +5 dan issiq
haroratli kunlar kamida 180 kundan 200 kungacha davom etadi.
Yog‘inlarning eng ko‘p miqdori qish fasli bilan bahorda yog‘adi.
Ko‘pincha mart oyiga to‘g‘ri keladi. Cho‘lda bug‘lanish yuqori bo‘lib,
yog‘inlarga nisbatan 10-20 barobar ko‘p.
Rel’efi. Turon past-tekisligining relyefi murakkabligi bilan ajralib turadi.
Turon past-tekisligidagi turli xududlarda tarqalgan platolar, pastqam tog‘liklar
hamda qir va adirliklarning asosiy maydonlari allyuviyal tekisliklardan iborat.
Cho‘l zonasi bir qancha baland tekisliklardan iborat. Ustyurt
platosi,Qoraqumning shimoliy qismida Zaungiz, Qarshining g‘arbiy-janubiyda
Devxona baland tekisligi, Ustyurt platosiga tutashgan Qozog‘istondagi Betpaq
dala baland tekisligi va ayrim xududlardagi kichikroq baland tekisliklardan
iborat.
Cho‘l xududining florasi. Tekisliklarda joylashgan cho‘l xududining
florasi sharoitiga qarab: toshloqli, saz tuproqli va taqirli,taqir tuproqlarda va
cho‘lning qumli-qumloqlarida cho‘lga xos florasi bilan ajralib turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining baland tekisligida va Qozog‘istonning
cho‘llarida oqshuvoq, biyurg‘un, toshbiyurg‘un, boyalich, saksovul, ko‘npek
kabi o‘simliklar o‘sadi. Tamariks va gipsofitlar (gipsli yerlar o‘simligi) va
qo‘ng‘irbosh efemerlar o‘sadi. Qumli cho‘llarda kserofitlar (qumli-cho‘l
o‘simligi) efemerlardan qo‘ng‘irbosh, bug‘doyiq, yaltirbosh, quyonsuyak,
sho‘ra, oq saksavul, butasimonlar, shuvoqlar o‘sadi.
Cho‘l zonasida tarqalgan tuproqlar.
Cho‘l zonasi tuproqlarining tiplari- 1.Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. Cho‘l
zonasining bu tipdagi tuproqlari alohida tuproq tipiga ajratilmagan edi.
24