Page 28 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 28
qilinmoqda. Qumli-cho‘l tuproqlar gumusga “kambag‘al”, organik va mineral
o‘g‘itlardan foydalanib, ko‘p yillik o‘tlar ekish va kimyoviy preparatlar KBT,
K-4, K-8 polimerlaridan fondalanish tavsiya etiladi.
4.8-9.rasmlar qumli-cho‘l tuproqlar.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Cho‘l zonasining iqlim sharoitlari va xossalari?
2. Cho‘l zonasida tarqalgan tuproqlarning tipi ?
3. Cho‘l zonasida tarqalgan sur-qong‘r tusli tuproqlarning xossalari?
4. Taqir li va taqir tuproqlarning xossalari va foydalanilishi?
5-mavzu. BO‘Z TUPROQLAR
O‘zbekiston Respublikasida bo‘z tuproqlar dengiz satxidan eng past yerlari
250 m, eng balanddagi bo‘z tuproqlar 1400-1600 m balandlikda tarqalgan.
Bo‘z tuproqlarining quyi chegarasi 250 metrdan,o‘rta chegarasi 450-
500metrdan,eng yuqori chegarasi 1600 metr balandlikdan otgan, g‘arbiy
Fargonada balandlikdan o‘tgan. Bo‘z tuproqlarning turlicha balandliklar
bo‘ylab tarqlishi bo‘yicha, bo‘z tuproqlar O‘rta Osiyo mintaqasining tog‘
tizimi bo‘yicha balandlik qonuniyatiga asoslanadi.
0
Iqlimi keskin o‘zgaruvchan, samarali harorat yigindisi 3400-5400 C ni
tashkil etadi. Yillik yog‘inlar miqdori 250-350mm.dan 600mm.gacha,
yog‘inlar asosan kuz-qishda va bahorda yog’adi.
Zonaning relyefi turlicha. O‘zbekistonning bo‘z tuproqlari uchta
tipgacha ajratilgan:
1.Och tusli bo‘z, 2.Tipik bo‘z, 3.To‘q tusli bo‘z tuproqlar.
Och tusli bo‘z tuproqlarning umumiy maydoni 2mln.592 ming gektar.
Och tusli bo‘z tuproqlarning morfologik tuzulishi A+B qatlamining qalinligi
40-50sm, A gorizo‘ntining qalinligi 6-12sm, och tusli bo‘z tuproqlarning B-
qatlami malla tusli, B2 karbonatli oq ko‘zanakli dog‘lari bor gorizo‘nti bilan
almashinadi. Tuproqning ona jinsi C qatlami sarg‘ish tusli, yumshoq, mayda
g‘ovakli gorizo‘nti, tuproq qatlamining quyi qismida gips va tuzlar mavjud
bo‘lib, turli darajada sho‘rlangan,yengil mexanik tarkibli tuproqlar esa
deflyatsiyaga uchragan.
28