Page 31 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 31

tusli  neogen  yotqiziqlarda  shakllangan  tuproqlar  uchraydi.  Rel’efi  notekis,
            dengiz satxidan 500-700,1000 metrgacha balandlikda tarqalgan.

                                             Iqlim sharoiti va relyefi.
                      Neogen  yorqiziqlarida  shakllangan  qizg‘ish    tusli  tipik  bo‘z  tuproqlar
            tarqalgan  hududning  geografik  joylashishi  atmosferaning  serkulyatsiyasi,
            quyosh radiatsiyasining qurg‘oqchilligi, issiqlikning ko‘pligi va kontinentalligi
            bilan bog‘liq. Iqlim sharoitining yil fasllariga qarab o‘zgarishi, bahorning namli
            va qisqa muddatli ekanligi, quruq va issiqligidadir.
                    Lyoss va Neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan
            hududning    o‘rta    mintaqasini  egallab,    tog‘  oldi  tekisliklarida  tarqalgan.

            O‘rganilgan  joyning  tuproqlari  Lyoss  va  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan
            tipik  bo‘z  tuproqlardan  iborat  bo‘lib,  bu  tuproqlar  tog‘  oldi  hududlarida
            tarqalgan [6;7].
                     Iqlimi:  subtropik,  yillik  yog‘inlar    miqdori  399-422mm,  yog‘inlar  kuz,
            qish  va  bahorda  ko‘p  yog‘adi.  O‘simliklar  uchun  vegetatsiya  davri  204-234
                                                            0
                                                                                           0
                                                                                                  0
                                                  0
            kun.Yozda  iyul  oyida  +39,7 +45,8   issiq,  yanvarda  -11,3 -11,7   sovuq.
                                                           0
            Samarali issiqlik  yig‘indisi 2220-2450 C.
                                      Tog‘ jinslari va o‘simliklar dunyosi.
                    Bo‘z  tuproqlar  ustki  qtlamlari  lyoss  yotqiziqlaridan  iborat  bo‘lib,  lyoss
            yotqiziqlarining pastki qatlamlarida neogen yotqiziqlar bilan qoplangan, qum,
            shag‘al, qumli mayda zarralardan iborat.
                    O‘simliklardan  efemerlar,  efemeroidlar  va  butalar  ko‘p  o‘sadi.
            Y.P.Korovin  [1934]ning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  tog‘  oldi  tekisliklarining

            o‘simliklari  efemer  va  efemeroidlardan  iborat.  O‘simliklari  qorabosh,
            qo‘ng‘irbosh  kabilar  eng  ko‘p  tarqalgan,  oqquray  va  karrak  o‘sadi.
            Efemeroyidlar  bilan  birga  efemerlardan  boychechak  (Lagia),  chuchmoma
            (Lxioliron), no‘xatak (Astra alia), lola (Tulupa), qizg‘aldoq (papaveer) kabilar
            o‘sadi.  Hududning  yuqori  qismida  bug‘doyiq  o‘sadi.Tog‘  oldi  tog‘  oralig‘i

            vodiylarining sohillarida chakalakzorlar uchraydi.Tol,terak va jiyda o‘sadi.
                                                   Insonlar  ta’siri
                      Insonlar  madaniy ekinlar ekib, tuproqqa ishlov beradi. Natijada tuproqda
            azotning  biologik  aylanishi  sodir  bo‘lib,  tuproqdagi  biologik  faolliklar  oshib,
            tuproqdagi  suv,  havo  va  issiqlik  xossalari  o‘zgarib,  tuproqning  holati
            yaxshilanadi.
                Lyoss va Neogen  yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning

                                       morfologik belgilari va xossalari.
                     Bo‘z  tuproqlarning  kelib  chiqishini  ya’ni  genezisini  yagona  bir  xildagi
            nazariya bilan tushuntirib bo‘lmaydi. A.N.Rozanov [1951] bo‘z tuproqlarning
            genezisini to‘la va mukammal o‘rganib, o‘zining  “O‘rta Osiyo bo‘z tuproqlari”
            degan monografiyasini yozgan.
                    Bo‘z  tuproqlar  uchun  xos  bo‘lgan  umumiy  belgilar  va  xossalar:

            tuproqning  uncha  aniq  bo‘lmagan  genetik  qatlamlarga  ajralib  turmasligi,
                                                            31
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36