Page 36 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 36

0-6          1,56        0,110      0,146     2,25      7,20     7,63

                    K3              6-24         0,98        0,092      0,126     2,20      7,40     8,78
                  Yuvilib          24-42         0,72        0,076      0,118     2,00      7,45     9,87
                to‘plangan         42-67         0,68        0,030      0,100     1,80      7,60    10,12
                  tuproq           67-93         0,33        0,022      0,088     1,70      7,70    11,56
                                  93-150         0,21        0,018      0,066     1,60      7,80    11,86


                    Lyoss va neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning
                                              mikroelementlar tarkibi.
                    Turli xil tuproq qatlamlarining tarkibi mikroelementlar miqdoriga qarab
            bir-biridan farqlanishi orqali xarakterlanadi. Mikroelementlar tirik materiyaning
            tarkibiy  qismi  bo‘lib,  o‘simliklar,  jonivorlar  va  insonlar  hayotida  zarur
            hisoblanadi.

                    Y.V.Peyve  [1960]  barcha  tirik  organizmlar  uchun  kimyoviy
            elementlarning asosiy  manbalaridan biri  hisoblangan tuproq tarkibida ulardan
            qancha    miqdorda  borligini  hisobga  olish  asosidagina  ulardan  qishloq
            xo‘jaligida shuningdek, tibbiyotda oqilona foydalanish mumkin.
                        Y.K.Kruglova  [1984]  tuproqlar  tarkibidagi    mikroelementlarga
            geokimyoviy  tarif  berish  va  biogeokimyoviy    xususiyatlarga  ajratish  uchun
            zarurdir  degan  edi.  Hozirgi  vaqtda  respublikamizda  tarqalgan  tuproqlardagi

            mikroelementlar  o‘rganilgan.  Biroq  ularning  asosiy  qismi  lyoss  yotqiziqlarda
            shakllangan bo‘z tuproqlardagi mikroelementlar o‘rganilgan.
                    L.A.Gafurova  [1995]  ning  ta’kidlashicha  uchlamchi  davr  yotqiziqlarida
            shakllangan tuproqlarni o‘rganish, ular bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalganligi
            uchun  bu  tuproqlarni  o‘rganish  zaruratini  yuzaga  keltiradi.  Uchlamchi
            yotqiziqlarda  shakllangan  tuproqlarning  tarkibidagi  mikroelementlar  esa  kam

            o‘rganilgan.
                     O‘rganilishi.  O‘zbekistonda  lyoss  yotqiziqlarida  shakllangan  neogen
            yotqiziqlarida  shakllangan    qizg‘ish  tuproqlarning  xossalari  juda  kam
            o‘rganilgan.
                    Xossalaridagi  farqi.Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqlardagi
            gumus va oziqa elementlar miqdori  tuproqning quyi qatlamlariga o‘tilgan sari
            lyoss  yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqlarga  nisbatan  keskin  kamayib  boradi.

            Yuvilib to‘plangan va yuvilmagan tuproqlarda aminokislotalar     miqdori quyi
            qatlamlargacha ma’lum miqdorda saqlanib qoladi. Bu esa tuproq mikroflorasi,
            azot, gumus miqdoriga ta’sir qilib tuproqning eroziya jarayonlariga, tuproqdan
            qishloq  xo‘jaligida  foydalanishda  va  boshqa  ko‘rsatkichlarda  katta  ta’sir
            ko‘rsatishi  ma’lum  bo‘ldi.  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  qizg‘ish  tusli
            tuproqda  aminokislotalar  miqdori,  lyoss  yotqiziqlarida  shakllangan  bo‘z

            tuproqlarga  nisbatan  ancha  kam  miqdorda  ekanligi  ma’lum  bo‘ldi.  Tajriba
            uchun  ekilgan  soya,  bug‘doy,  paxta,  bedazorlardan  tuproq  kesmasi  bo‘yicha
            olingan  tuproqlardagi  aminokislotalar  miqdori  turlicha  miqdorda  bo‘ldi.


                                                            36
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41