Page 41 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 41

Sug‘oriladigan  eroziyaga  uchramagan  tipik  bo‘z  tuproqlarda  gumus
            miqdori  haydalma  qatlamlarda  1,73-1,89%  gacha  bo‘lib,  haydalma  qatlam
            ostida 0,65-1,60% bo‘lib, quyi qatlamlar tomon bu ko‘rsatkich kamayib boradi.

            Bu tuproqlarda yalpi azot miqdori haydalma qatlamlarda 0,150-0,160% fosfor
            miqdori  0,160-0,170%,  kaliy  miqdori  1,80-1,90%  bo‘lib,  harakatcha  fosfor
            miqdori 16,0-20,0 mg/kg gacha, harakatchan kaliy 120-140 ba’zan 190 mg/kg
            gacha yetadi. Gumus va ozuqa elementlari miqdori tuproq qatlamlarida quyiga
            tomon keskin kamayib ketadi.  Bu tuproqlarda CO2 karbonatlar miqdori 6,40
            dan,  7,35%  gacha  bo‘lib,  quyi  qatlamlarda  bu  ko‘rsatkich  8,54-9,26%  gacha
            yetadi.  Gips  miqdori  ancha  yuqori  bo‘lib,  130-200  sm  chuqurlikda  mayda

            kristalli gips qatlamli mavjud. Tuproq muhiti pH 7,10-7,25.
                     Eroziyaga uchragan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda gumus miqdori
            1.03-1.38%,  yalpi  azot  miqdori  haydalma  qatlamlarda  0,080-0,070%,  fosfor
            0,134-0,142%, kaliy miqdori 1,70-1,80% bo‘lib, yuvilib to‘plangan tuproqlarda
            gumus miqdori 1.72-1.91%, azot miqdori 0,158-0,180%, fosfor 0,160-0,180%,

            kaliy1,80-2,00 % bo‘lishi tahlil qilindi  [Raimbaeva.G.Sh.1997].
                      O‘zbekistonda  qadimdan  dehqonchilik    qilib  kelinayotan  Xorazm  va
            Zarafshon  voxalarida  qalin,  1-2m.dan  ortiq  agroirrigatsion  qatlamli  tuproqlar
            mavjud.
                                           Mavzu bo‘yicha  nazorat savollari:
            1.O‘zbekiston  bo‘z tuproqlarining tarqalishi?
            2. Tipik bo‘z tuproqlar dengiz satxidan necha metr balandlikda joylashgan?
            3. Tuproqlarning dengiz satxidan necha metr balandlikda tarqalishini izohlang?

            4.Bo‘z tuproqlar tipchalarining bir-biridan farqi?
            5.Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  bo‘z  tuproqlar  O‘zbekistonning  qaysi
            hududlarida  ochiq va yopiq holatda tarqalgan?
            6.Tuproqlarning rangi-tusi nima uchun o‘zgaradi?


                                      7-mavzu. O‘TLOQI TUPROQLAR
                      O‘tloqi  tuproqlarda  sizot  suvlari  yer  yuziga  yaqin  bo‘lgan  sharoitda,
            doimiy kapillyar namlik ta’sirida paydo bo‘ladi.
                                     Gidromorf tuproqlarining xossalari.
                       O‘tloqi  tuproqlar  allyuvial  to‘qay  tuproqlarga,  allyuvial  chimli-o‘tloqi
            tuproqlarga  ajratilib,  bu  tuproqlar  tarkibidagi  gumus  va  oziq  elementlarining

            miqdori bilan farqlanib, ikkinchidan daryo bo‘ylarida joylashgan bo‘ladi.
                     Gidromorf tuproqlar bo‘z tuproqlar xududida hamda cho‘l zonasida
            tarqalgan bo‘lib, xossalari, sho‘rlanish darajasi va tipi bo‘yicha bir-biridan
            farq  qiladi.  Bo‘z  tuproqlar  zonasidagi  gidromorf  tuproqlari  sho‘rlanmagan,
            gumusga va oziq elementlarga boy bo‘lib, bu tuproqlarning unumdorligi yuqori
            bo‘ladi.

                    Cho‘l xududida tarqalgan  o‘tloqi tuproqlarda gumus  va oziqa elementlar
            miqdori juda kam bo‘lib, bu tuproqlar turli darajada sho‘rlangan.
                                                            41
   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46