Page 37 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 37

O‘g‘itsiz va o‘g‘it solinib, olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘g‘itlardan
            azotli, ayniqsa biogumus va go‘ng solingan tajribalarda erkin aminokislotalar
            shakli va miqdoriga, ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatdi.

                   Eroziya  jarayonlari  tuproqlarning  kimyoviy,  agrokimyoviy,  agrofizik
            xossalarini  ma’lum  darajada  o‘zgartirib,  fermentlar  faolligiga,  vitaminlar  va
            erkin aminokislotalar miqdoriga va ularning tarqalishiga ham ta’sir etadi.
                   Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqlardagi  gumus  va  oziqa
            elementlar  miqdori    tuproqning  quyi  qatlamlariga  o‘tilgan  sari  lyoss
            yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqlarga  nisbatan  keskin  kamayib  boradi.
            Yuvilish jarayonida aminokislotalarning ham yuvilib ketishiga ta’sir ko‘rsatadi.

            Yuvilib  to‘plangan  va  yuvilmagan  tuproqlarda  aminokislotalar  miqdori  quyi
            qatlamlargacha ma’lum miqdorda saqlanib qoladi. Bu esa tuproq mikroflorasi,
            azot, gumus miqdoriga ta’sir qilib tuproqning eroziya jarayonlariga, tuproqdan
            qishloq  xo‘jaligida  foydalanishda  va  boshqa  ko‘rsatkichlarda  katta  ta’sir
            ko‘rsatishi  ma’lum  bo‘ldi.  Tajriba  uchun  ekilgan  soya,  bug‘doy,  paxta,

            bedazorlardan  tuproq  kesmasi  bo‘yicha  olingan  tuproqlardagi  biokimyoviy
            jarayonlar turlicha miqdorda ekanligi  aniqlangan.O‘g‘itsiz va o‘g‘it solinib olib
            borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘g‘itlardan azotli, ayniqsa biogumus va
            go‘ng solingan tajribalarda biokimyoviy jarayonlar  yuqori ekanligi kuzatilgan.
                   Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  bo‘z  tuproqlarning  biokimyoviy
            jarayonlari  lyoss  yotqiziqlarida  shakllangan  bo‘z  tuproqlardagi  biokimyoviy
            jarayonlardan tarkibi va miqdori jihatidan farq qiladi.
                   Lyoss  va  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqlardagi  biokimyoviy

            jarayonlar    tuproqning  yuza  qatlamlarida  (0-30  sm)  faol.  Tuproq  profili
            bo‘yicha esa quyiga tomon biokimyoviy jarayonlar keskin  kamayib  borib, (70-
            100 sm) da kuzatilmaydi.
                   Lyoss  yotqiziqlarida  shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlarning
            morfologik  belgilari: Lyoss yotqiziqlarida shakllangan eroziyaga uchramagan

            tipik bo‘z tuproqlar  kul rang, gumusli qatlam qalinligi 78 sm, mexanik tarkibi
            o‘rta qumoq tuproq, eroziyaga uchragani kulrang sarg‘ish, gumusli qatlamining
            qalinligi  48sm,  eroziya  ta’sirida  yig‘ilib  to‘plangan  tuproqlarning    rangi-tusi
            to‘q kul rang, mexanik tarkibi  o‘rta  qumoq tuproqlardan iborat.
                     Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlarning
            morfologik  belgilari:            Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  eroziyaga
            uchramagan tipik bo‘z tuproqlar qizg‘ish tusli, gumusli qatlam qalinligi 45 sm,

            og‘ir qumoq tuproq, eroziyaga uchragani gumusli qatlamining qalinligi 23sm,
            eroziya  ta’sirida  yig‘ilib  to‘plangan  tuproqlarning  tusi  qizg‘ishroq  qo‘ng‘ir
            tusli, mexanik tarkibi og‘ir qumoq va yengil soz tuproqlardan iborat.
                       Lyoss yotqiziqlarida shakllangan  tipik bo‘z tuproqlarning fizikaviy
            xossalari.  Lyoss  yotqiziqlarida  shakllangan  tuproqning  solishtirma  og’irligi
                               3
                                                                                                  3
                                                                     3
            2,65-2,66 g/sm , hajm og‘irligi 1,28-1,30 g/sm , ba’zan 1,36-1,53g/sm  atrofida
                                                            37
   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42