Page 42 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 42
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1.Gidromorf tuproqlar va ularning paydo bo‘lish sharoitlari?
2.Gidromorf tuproqlarda sizot suvlari necha metrda joylashgan bo‘ladi?
3.Cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasidagi gidromorf tuproqlarning bir-biridan farqi?
4.Gidromorf tuproqlarning qaysi biri sho‘rlangan?
5. Gidromorf tuproqlarda o‘simliklar qoplami qanday?
8-mavzu.TOG‘ TUPROQLARI
Tog‘ tuproqlari dunyo va MDH davlatlari xududining uchdan bir qismini
(30.3%) egallaydi. Tog‘ tuproqlari MDHning g‘arbiy chegarasidan sharqqa
tomon yo‘nalgan vertikal zonallik qonuniyati asosida tarqalgan. O‘rta Osiyo
respublikalari hududidagi tog‘lar ham shu qonuniyat asosida tarqalgan, Pomir-
Oloy, Tyan-Shan tog‘ tizmalaridagi tuproqlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbеkiston
Rеspublikasi xududida ham shunday. O‘zbеkistonning xududidagi tog‘
tizmalari-Turkiston, Xisor va Chotqol tog‘ tizmalari va ularning tarmoqlari.
Turkiston tog‘ tizmasining tarmoqlari-Zomin, Zarafshon,Nurota tog‘lari.
Xisor tog‘ tizmasining tarmoqlari-Xisor, Bobotog‘, Boysun tog‘lari.
Chotqol tog‘ tizmasining tarmoqlari-Chotqol,Qurama tog‘lari.
O‘zbekiston xududida joylashgan tog‘lar asosan Toshkent, Surxondaryo,
Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona vodiysi va Navoiy viloyatlari
xududida tarqalgan bo‘lib, bu viloyatlardagi tog‘lar geografik o‘rni, tog‘larning
balandligi, tuproqlari o‘zining rivojlanishi, genezisi, morfologik belgilari va
xossalari bilan bir-biridan farq qiladi.
Tog‘ tizmalari va to‘g‘lar geografik joylashuvi va balandligi bo‘yicha
tog‘larning iqlim sharoitlari ham o‘zgaradi. Tog‘lar vertikal zonallik
qonuniyatiga bo‘ysinib, tog‘ tuproqlari o‘zining arid, gumid va yarim
gumidligi bilan farq qiluvchi o‘ziga xos regional ekologik, tuproq - iqlim
sharoyitga ega xududiy o‘zgarishlarga egadir. Tog‘ tuproqlarining iqlimi
tekislikdan tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi. Harorat pasayadi,
atmosfera bosimi kamayib, havoning namligi ortib boradi.
Balandlikka ko‘tarilgan sari har 100m.da havo harorati -0,4-0,6 ga
0
pasayib, yog‘in miqdori ko‘payib boradi. Tog‘li hududlarning qish fasli uzoq
davom etib, vegetatsiya davri 90 kun va ayrim tog‘ sistemasida undan kam
bo‘lishi mumkin. Iqlim sharoitining xilma-xilligi o‘simliklarning ham turli-
tuman bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li xududlarida tog‘larning o‘ziga xos bahor
faslining qisqa davrida o‘sib chiqadigan chala savannada baland boyli bo‘lib
o‘sadigan o‘tlar va daraxtlardan bargli va ninabarglilar o‘sadi. Subalpik va alp
o‘tloqi dashtlar hamda tog‘ning saxrolari va tog‘ cho‘qqilaridagi doimiy qorli,
muzliklar mavjud. Tog‘ tuproqlarining rivojlanishida ekspozitsiya (quyosh
tushadigan janubiy va shimoliy soya tomonlari) ning ham ahamiyati katta.
42