Page 38 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 38
bo‘ladi. G‘ovaklik 44,50- 51,69 % ni tashkil etadi. Mexanik tarkibi o‘rta
qumoq, quyi qatlamlari tomon og‘irlashib boradi.
Neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning fizikaviy
xossalari. Neogen yotqiziqlarida shakllangan qizg‘ish tusli tipik bo‘z
3
3
tuproqlarning solishtirma og‘irligi 2,65-2,66 g/sm , yuqori zichlik 2,74 g/sm ,
3
3.
hajm og‘irligi 1,35-1,40g/sm , yuqori zichlik 1,58-1,65g/sm , g‘ovaklik 47,36-
49,05% ni tashkil etadi. Mexanik tarkibi og‘ir qumoq, quyi qatlamlari sozli.
Lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning
agrokimyoviy xossalari. Lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z
tuproqlarning gumusli qatlam qalinligi 35-45 sm atrofida.
• Gumus miqdori 1,12-2,01 %
• Umumiy azot miqdori 0,098-0,116 %
• Umumiy fosfor miqdori 0,148-0,166%
• Umumiy kaliy miqdori 2,10-2,20%
Eroziya ta’sirida gumus va oziqa elementlari kamayib, yuvilib ketadi.
CO2 karbonatlar miqdori 6,18-6,21 % ba’zan yuqori.
Tuproq muhiti-pH 7,20-7,25 atrofida.
Neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy
xossalari. Neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarda gumusli
qatlam qalinligi 25-35 sm atrofida.
• Gumus miqdori 0,89-1,11 %
• Umumiy azot miqdori 0,150-0,160 %
• Umumiy fosfor miqdori 0,160-0,170%
• Umumiy kaliy miqdori 1,80-1,90%
• Eroziya ta’sirida gumus va oziqa elementlari kamayib, yuvilib ketadi.
CO2 karbonatlar miqdori 7,04-8,40 % ba’zan 8,60-9,14% gacha yetadi.
Tuproq muhiti-pH 7,10-7,40 atrofida.
1.Tipik bo‘z tuproqlar tog‘ oldi qiya tekisliklarida tarqalgan.
2.Tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan hududning iqlim sharoiti O‘rta Osiyo
mintaqasi Turon past-tekisligida joylashgan, keskin o‘zgaruvchan iqlim
sharoitiga ega.
3. Bo‘z tuproqlar hududida lyoss yotqiziqlarida shakllangan tuproqlar bilan bir
qatorda uchlamchi davr neogen yotqiziqlarida shakillangan tipik bo‘z tuproqlar
ham keng tarqalgan.
4.Neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning gumusli
qatlamining qalinligi va gumus miqdori lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik
bo‘z tuproqlarga nisbatan qatlam qalinligi ancha qisqa va kam gumuslidir.
38