Page 34 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 34
0.10 yoki 0.15 l /sekunddan oshmasligi, egat oralatib sug‘orish, tuproqning
eroziyalanishining oldini olish uchun sun’iy struktura hosil qilishda kimyoviy
K-4, K-9 preparatlarini sepish eroziyaning oldini oladi.
Lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi
o‘rta qumoq. Neogen yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning
mexanik tarkibi og‘ir qumoq va yengil soz. Lyoss yotqiziqlarida shakllangan
eroziyaga uchramagan tipik bo‘z tuproqlarning solishtirma og‘irligi 2,65-2,66
3
3
g/sm , hajm og‘irligi 1,28-1,30 g/sm , ba’zan 1,36-1,53g/sm 3 atrofida bo‘lishi
kuzatildi. G‘ovaklik tuproqning yuqori qatlamlarida 51,12-51,69% quyi
qatlamlarida 44,00- 43,70 % ni tashkil etadi. Eroziyaga uchragan tuproqlarda
3
hajm og‘irlik 1,33-1,36 g/sm , yuvilib to‘plangan tuproqlarda 1,30-1,34 g/sm 3
atrofida bo‘ladi. Mexanik tarkibi o‘rta qumoq, kesmaning quyi qatlamlariga
tomon og‘irlashib boradi.
Neogen yotqiziqlarida shakllangan eroziyaga uchramagan qizg‘ish tusli
bo‘z tuproqlarda solishtirma og‘irlik aniqlanganda 2,65-2,66 g/sm , ba’zan 2,74
3
3
3
g/sm , hajm og‘irligi 1,35-1,40 g/sm bo‘lib, ba’zan 1,58-1,65g/sm 3 atrofida
bo‘ladi. G‘ovaklik 47,36- 49,05% ni tashkil etadi. Eroziyaga uchragan
3
tuproqlarda hajm og‘irlik 1,46-1,48 g/sm , yuvilib to‘plangan tuproqlarda 1,36-
3
1,42 g/sm atrofida ekanligi aniqlandi. Mexanik tarkibi esa og‘ir qumoq va
yengil soz tuproqlardan iborat bo‘lib, tuproqning quyi qatlamlari sozli.
Lyoss va neogen yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning
agrokimyoviy xossalari.
Tipik bo‘z tuproqlar turli davrlardan boshlab tuproqlaridan
foydalanib,ekinlar ekilib kelinayotgan, tipik bo‘z tuproqlar o‘zining bir qancha
xossalari bilan, tuproq kesmasining qatlamlari yaxshi tabaqalanmaganligi,
gumus miqdori 2 % atrofida ekanligi, oqar suvlar natijasida oqib keladigan
yotqizilgan keltirmalarda chirindining teng miqdorda tarqalishi ya’ni,
taqsimlanishi tuproqda karbonatli qatlamning yaxshi ifodalanmaganligi bilan
xarakterlanadi. Tipik bo‘z tuproqlarning sug‘oriladiganida gumusli
agroirrigatsion qatlam qalinligi turlichadir; qatlam qalinligi (<40sm), qalinligi
o‘rtacha (40-70sm) va qalin qatlamli (>70sm) turlarga ajratilgan.
Orlov.D.S. [1985] qadimdan sug‘orib kelinayotgan Xorazm, Zarafshon
vodiysi-voha bo‘z tuproqlarida agroirrigatsion qatlam qalinligi 1-2 metrgacha
ortiq bo‘lishini aniqlagan bo‘lib, bu tuproqlar madaniylashgan sug‘oriladigan
tuproqlardir. Bo‘z tuproqlar tarkibida gidroslyudalar, montmorrolinit guruhi
minerallaridan xlorid, vermulit va amorf moddalardan tashkil topgan.
Lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning gumusli
qatlam qalinligi 35-45 sm atrofida. Gumus miqdori 1,12-2,01 %, umumiy azot
miqdori 0,098-0,116 %, fosfor miqdori 0,148-0,166%, kaliy miqdori 2,10-
2,20%. Eroziya ta’sirida gumus va oziqa elementlari kamayib, yuvilib ketadi.
CO2 karbonatlar miqdori 6,18-6,21 % ba’zan yuqori.Tuproq muhiti-pH 7,20-
7,25 atrofida.
34