Page 43 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 43

Ekspozitsiyaning    ta’siri  ayniqsa  eroziya  jarayonlariga,  tuproqlarning
            yemirilishiga olib keladi: Ekspozitsiyalar, yemirilgan tuproq miqdori, %.
                     Shimoliy -14                               Sharqiy -30

                    Janubiy -38                                G‘arbiy -18
                            Tog‘li  hududlarda  relyef  tuproq  paydo  bo‘ishini  hal  qiluvchi  omil
            hisoblanadi.  Tog‘  tuproqlarining    ona  jinslari  mineralogik,  kimyoviy  tarkibi
            hamda  fizikaviy  xossalariga  ko‘ra  xilma-xil.  Uchlamchi  davr  cho‘kindisi,
            otqindi tog‘ jinslarning  nurash mahsulotlaridan  iborat. Tog‘ oralig‘idagi vodiy
            va pastliklarda har xil qalinlikda turli mexanik tarkibli to‘rtlamchi davr lyoss,
            lyossimon  yotqiziqlardan  iborat.  Tog‘  tuproqlarining    tabiiy  sharoiti  har  xil

            balandlikda joylashgan bo‘lib dengiz sathidan 900 (1000-4000) 4100 metrgacha
            joylashgan bo‘lib, bir-biridan farq qiladigan mintaqaga ajratish mumkin.
                   O‘zbekiston xududidagi tog‘larning balandligi va tuproq tiplari.
                     1.Baland  tog‘lar:  subalp  mintaqa  1800-2000  metrdan  2600-2800
            metrgacha  bo‘lgan  balanlikda,  o‘tloqi-dasht  qo‘ng‘ir  va  och  qo‘ng‘ir  tusli

            tuproqlar  esa  3000-4000  dam  5000  metrgacha  bo‘lgan  balandlikni  Alp
            mintaqaning och tusli qo‘ng‘ir tuproqlari egallagan.
                     2.O‘rta  tog‘lar  1200-2300  metr  balandlikda  o‘tloqi-dasht  o‘rmon,  tipik
            jigarrang tog‘ o‘rmon, qora qo‘ng‘ir tuproqlar joylahgan.
                     3.Past  tog‘lar  900-1000  metrdan  1200  metrgacha  bo‘lgan  balandlikda
            jigarrang tuproqlar tarqalgan.
                     4.Tog‘ oldi past tekisliklari 350-500 metrdan 600-800 metrda tipik bo‘z
            tuproq,  tog‘  yon  bag‘rining  700-1000  metrdan  1400-1600  metrgacha  bo‘lgan

            balanlikni to‘q tusli bo‘z tuproq egallagan.
                     5.Tog‘ etaklaridagi to‘lqinsimon tekisliklarda, 250-300 metrdan 400-500
            metrgacha bo‘lgan xududni och tusli bo‘z tuproq egallagan.
            Iqlimi va gumus miqdori.
            1.Subalp  mintaqaning  iqlimi  mo‘tadil  sovuq,  yozi  qisqa,  salqin.Yog‘inlar

            miqdori 400-800 mm, o‘tloqi-dasht qo‘ng‘ir tuproqda gumus miqdori 4-5%.
            Alp  mintaqaning  iqlimi  subalp  mintaqadan  ancha  sovuq.  Yog‘inlar  miqdori
            400-600 mm, och tusli qo‘ng‘ir tuproqning gumus miqdori 2-3% dan 5% gacha.
            2.O‘rta tog‘lardagi o‘tloqi-dasht o‘rmon, tipik jigarrang tog‘ o‘rmonda gumus
            miqdori 4-10%, qora qo‘ng‘irda yog‘inlar miqdori 500-600 mm.
            3.Past tog‘lardagi jigarrang tuproqlarda gumus miqdori 4-5%, yog‘inlar miqdori
            400-600 mm.

            4.Tog‘ oldi past tekisliklari  tipik bo‘z tuproqlarda yog‘inlar  miqdori 300-500
            mm,  gumus  miqdori  1,5-2  %,  tog‘  yon  bag‘ri  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarda
            yog‘inlar 400-500 mm.dan 600 mm; gumus miqdori 3-4 %.
            5.Tog‘  etaklaridagi  to‘lqinsimon  tekisliklar    och  tusli  bo‘z  tuproqda  gumus
            miqdori  1,2-1,4%;  250-350  mm  yog‘in  yog‘adi.Bu  viloyatlardagi  tog‘
            tuproqlari  o‘zining  rivojlanishi  (evolyusiyasi),  genezisi,  morfolitogenetik,



                                                            43
   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47   48