Page 48 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 48
Tuproq muxiti neytral. Bu zonadagi tabiiy o‘rmonlarni, yong‘oqzorlarni
saqlash, yangi mevali bog‘lar barpo etish borasida ishlar olib borish kerak.
Subalpik va alpik mintaqa tuproqlari tog‘larning qiyaliklarida joylashgan.
Dengiz sathidan 1800-2000 metrda hamda 2600-2800m.gacha bo‘lgan baland
tog‘larda rivojlangan.
8.10-13 rasmlar. Baland tog‘ tuproqlari.
Baland tog‘ alp mintaqa tuproqlari dengiz sathidan 3000-4000m.
balandlik-dagi qorli zonada joylashgan. Iqlimi sovuq, yozi ham sovuqroq
shuning uchun o‘simliklar sust rivojlangan. O‘simliklari o‘tloqi yoki dasht
o‘simliklardan iborat bo‘lib, chala to‘rfli chim hosil qiladi. Bu mintaqada Alp
tog‘larning o‘tloq-dasht tuproqlari rivojlanib, gumus miqdori 2-3 % dan 5 %
gacha, karbonatsiz, tuproq muhiti kuchsiz kislotali va asoslarga to‘yingan.
Iqlimi juda sovuq, rel’efi murakkak, baland tog‘ alp tuproqlar yozgi yaylov
sifatida foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligida tog‘ tuproqdlaridan, jigarrangli tuproqlardan 10-12%
haydaladigan yerlar bo‘lib, bu yerlarga bug‘doy, kartoshka,moyli ekinlar
ekiladi.
CHOTQOL TOG‘INING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA
TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLARI
G‘arbiy Tyan-Shan hududining Chotqol tizmasida O‘zbekistondagi eng
ko‘xna qo‘riqxonalardan biri Chotqol biosfera qo‘riqxonasi joylashgan. Chotqol
qo‘riqxonasi ikki qismdan iborat. Boshqizilsoy (11018ga) Toshkent
viloyatining Parkent hududida, Maydontol (24706ga) qismi esa Bo‘stonliq
tumanida joylashgan. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 35724 ga ni tashkil
etib, shundan 6586 ga o‘rmon, 7074 ga yaylov va 81ga suv havzalaridir.
Rel’efi va tuproq paydo qiluvchi ona jins. Boshqizilsoy o‘rmonchilik
xo‘jaligi to‘liq Boshqizilsoy havzasini egallaydi, u shimoliy va shimoliy-
g‘arbdan Xovla va Oqtosh cho‘qqilari, sharqdan Bo‘rontosh va Taqali
cho‘qqilari bilan chegaralangan. Bularning tutashgan qismida Boshqizilsoy
o‘rmonchilik xo‘jaligining baland nuqtasi Qizilnura (3265 m) joylashgan va bu
bilan Taqali cho‘qqisi (2763 m) o‘ziga xos shakl hosil qilgan. Qo‘riqxona
48