Page 51 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 51
tezligi va eroziya jarayonlari tezlashadi. Yaylovlarda mollarning to‘xtovsiz
boqilishi o‘simliklar qoplamining emirilishiga olib keladi. Hozirgi kunda
odamlarning noto‘g‘ri xo‘jalik yuritishlari oqibatida yuqorida aytilgan tabiiy
hosil bo‘lgan o‘simliklar qoplamining chegarasi hamma joyda ham aniq bir xil
emas. Hududda sun’iy bog‘lar barpo qilingan bo‘lib, hozirgi kunda oq akatsiya,
shumtol, qora va grek yong‘og‘i, buxoro bodomi, eman, o‘rik, Tyan-Shan oq
qayini, Sibir archasi va boshqa daraxtlar ekilga. Bu yerning o‘simliklari va
ajoyib havosi bilan insonlarni o‘ziga maftun etadi. Bahor oylarida turli
efemerlar gullaydi.
Inson faoliyati. Tog‘ oldi tekisliklarida va tog‘ yonbag‘irlarida lalmi
yerlardan uzoq foydalanilganda tuproq unumdorligi kamayib, tuproq
zichlashadi, suv o‘tkazuvchanligi esa keskin kamayadi. Qiyaliklardan tuproq
zarralari yomg‘ir suvlari bilan jadal yuviladi va unumdorligi pasayadi. Tabiiy
omillar suv eroziyasining yuz berishiga sharoit yaratadi, lekin uning
rivojlanishida insonlarning qishloq xo‘jaligidagi faoliyati asosiy sabab bo‘lib
hisoblanadi.
Tuproq strukturasi. Tog‘ tuproqlarining tuzilishi, kimyoviy, fizikaviy
xossalari hamda o‘ziga xos tabiati bilan tekislik tuproqlaridai farq qiladi.
Tuproq paydo qiluvchi omillarning u yoki bu tarafga ustunligi ta’sirida
V.V.Dokuchaev: «Bir xil ona jins ustida turli tuproq tiplari va tipchalari hosil
bo‘lishi mumkin», deydi. Dengiz sathidan ko‘tarilgan sari tog‘ning iqlimi,
o‘simliklar dunyosi va tuproqlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan,
adirlardan to tog‘ cho‘qqisigacha iqlim sezilarli darajada o‘zgarib, harorat
pasayadi, atmosfera bosimi kamayadi, yog‘inlar miqdori ortib boradi. Har 100
metr balandlikka ko‘tarilganda ma’lum darajada xarorat o‘zgaradi. Xuddi
shunga bog‘liq mos ravishda o‘simliklar dunyosi, rel’ef, tuproq va boshqa
omillar ham o‘zgarib boradi. Tog‘ tuproqlarining rivojlanishida absolyut va
nisbiy balandlik hamda rel’ef muhim ahamiyatga ega. Rel’efning o‘zi ham
tuproq hosil bo‘lishida tuproq paydo qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
V.V. Dokuchaev: «Rel’ef-tog‘li o‘lkada tuproq paydo qiluvchi eng asosiy
omildir», deb ta’riflagan. Rel’efning kuchli ta’siri, o‘simlik va tuproq
qoplamining balandlikka ko‘tarilgan sari keskin o‘zgarishi olib borilgan barcha
tadqiqotlar natijasida tog‘li hududlarda sezilarli darajada namoyon bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda tarqalgan tuproq tip va tipchalari o‘rganilgan. Bu hududlarda
vertikal zonallik qonuniyati yaxshi aks etgan bo‘lib, dengiz sathidan yuqoriga
ko‘tarilgan sari iqlim va o‘simlik qoplami o‘zgarib boradi. Shunga mos
ravishda tuproq koplami ham o‘zgaradi.Tuproq qoplami tog‘li xududlarda juda
murakkab bo‘lib, rel’ef, qiyalik, ekspozitsiya, tuproq paydo qiluvchi jinslar,
o‘simliklar tarkibi, hamda boshqa xossa va xususiyatlariga bog‘liq. Shimoliy-
g‘arbiy, janubiy va sharqiy qiyaliklar bir-biridan farq qiladi. Tuproq
qoplamining qalinligi, ozligi tog‘ jinslarining nuramagan bo‘lakchalarining
ko‘pligi, harorat tartibining yuqoriligi, suvning etishmasligi kabilar natijasida
51