Page 46 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 46
1.Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlar. Qisman ochiq maydondagi suv
ayirg‘ichlarda tarqalgan. Bu yerda tuproq xosil bo‘lish jarayoni illyuvial
kseromorf rejimga yaqin sharoitda kechadi.
2.Tog‘ jigarrang tipik tuproqlar. Shimoliy va shimoliy-g‘arbiy, qisman
shimoliy-sharqiy qiyaliklarda tarqalgan bo‘lib, bu yerlarda tuproq hosil bo‘lish
jarayoni illyuvial tartib bo‘yicha kechadi.
3.Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar asosan shimoliy, qisman
shimoliy-sharqiy qiyaliklarning nisbatan tekisroq joylarida tarqalgan bo‘lib,
birmuncha sernam, yuqori chirindili hamda boy o‘simlik qoplamiga ega.
Turkiston tizmasining shimoliy-g‘arbiy tarmog‘i hisoblanadi. Samarqand
va Jizzax viloyatlarida janubdan Zarafshon vodiysi bilan, sharqdan Sangzor
daryosi vodiysi va shimoldan Qizilqum cho‘li bilan chegaralanadi.
Nurota tog‘lari bir-biriga parallel ikki tizmadan iborat bo‘lib, ular shimoliy
Nurota va janubiy Nurota tog‘lari deb yuritiladi. Shimoliy Nurota tog‘larining
janubiy-sharqiy qismini Qo‘ytosh tog‘lari ishg‘ol qilgan. Qo‘ytosh tog‘lari
shimoliy-g‘arbda Sovurbel dovonidan janubiy-sharqda esa Sangzor
daryosigacha cho‘zilib boradi. Nurota tog‘lari shimoliy-g‘arbga tomon 170 km.
gacha cho‘zilgan. O‘rtacha balandligi 1000-1500 metr. Ularning g‘arbiy qismi
asta-sekin pasaya borib, Karmana cho‘liga qo‘shilib ketadi. Paleozoy davrining
ohaktosh, qumtosh va slanetslaridan, metamorfik jinslardan tarkib topgan.Bular
orasida otqindi jinslar ham ko‘p. Oqtog‘ o‘zining (G‘ozg‘on) marmarlari bilan
mashhurdir.
Litologik tuzilishi va relyefining xilma-xilligiga ko‘ra Nurota tumanida 5
ta geomorfologik hudud ajratilgan:
1. Oqtog‘ o‘rta tog‘lari.
2. Qoratog‘ va Oqtog‘ past tog‘lari.
3. Qoratog‘ tog‘larining tog‘oldi yonbag‘irlari.
4.Oqtog‘ va Pashot past tog‘lari va shu tarmoqlarining tog‘ oldi qiya
tekisliklari.
5. Tog‘ etagi keng to‘lqinli tekislik.
Yog‘ingarchiliklarning asosiy qismi bahorgi davrda va bir oz qismi yoz
oylarida yog‘ib o‘tadi. Ko‘p yillik ma’lumotlar bo‘yicha yog‘ingarchilikning
umumiy miqdori 206 mm, ba’zi yillarda 158 mm.dan 293 mm. orasida o‘zgarib
turadi.Havoning nisbiy namligi sovuq davrda 70-74%, yozgi davrda, ayniqsa,
iyulda 35,2% gacha tushib ketadi. O‘rtacha haroratli kunlarning soni 158-219
kun atrofida o‘zgarib turadi. Yilning eng issiq oylari iyun, iyul, avgust bo‘lib,
bu davrda xavoning o‘rtacha kunlik harorati 27-28°C ga etadi. Yozdagi
0
0
maksimal harorat +43°C ga teng. Minimal harorat esa + 8 +9 C gacha tushib
ketadi. Yilning eng sovuq oylari dekabr, yanvar, fevral bo‘lib, harorat +0,2° dan
-1,3°C gacha bo‘ladi. Yog‘inlar miqdori 206mm, ba’zi yillarda 158 mm.dan
0
°
293 mm. orasida o‘zgarib turadi. Qish oylarining maksimal harorati -23 -29 C
darajagacha tushadi. Gumus miqdori chimli qatlamda 2,2-3,1% atrofida.
46