Page 45 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 45
belgilari bilan ya’ni to‘q bo‘z yoki qora rangli, donador strukturali, chimli
qatlamining mavjudligi profilining qalinligi 40-45sm gacha bo‘lganligi bilan
ajralib turadi.
1.Tog‘-o‘tloqi qora tuproqlar gumusga (10-12%) va yuqori qatlamlarda oziqa
elementlarga boy tuproq hisoblanadi.
2. Tipik tog‘-o‘tloqi tuproqlar.
Tog‘-o‘tloqi qora tuproqlardan chirindi miqdori bir oz kamroqligi va
chirindili hamda akkumulyativ qatlamning unchalik qalin bo‘lmasligi bilan farq
qiladi. Chuqurlashgan sari rangi biroz ochlashib, toshlilik darajasi ortadi,
atmosfera yog‘inlari ko‘pligi hisobiga karbonatlarni pastki qatlamlarda ortib
borishi bilan boshqa tog‘ tuproqlaridan farq qiladi. Gumusga boy, tuproqning
yuqori qatlamlarda 9-10%, azot, fosfor va kaliy kabi oziqa elementlari ko‘p
tuproq hisoblanadi.
Alp mintaqasining ayrim tuproqlari.
A.Tog‘-o‘tloqi torflashgan tuproqlar baland tog‘ mintaqasining asosan
namligi yuqori bo‘lgan shimoliy qiyaliklarida tarqalgan. Tuproq yuzasi
mustahkam chimlangan va haroratning yuqori ko‘tarilmasligi sababli
torflashgan. Tuproq profilining yuqori qismining rangi qora, Gumus miqdori 8-
14% ni tashkil qiladi. Mexanik tarkibi bo‘yicha engil qumoq.
B.Tog‘-o‘tloqi chala torflashgan to‘q qo‘ng‘ir tuproqlar xossa va
xususiyatlari bilan tog‘-o‘tloqi torflashgan tuproqlarga yaqin. Gumus miqdori
9-13% bo‘lib, chirindili qatlamning qalinligi 30-40sm. Mexanik tarkibi
bo‘yicha engil va o‘rta qumoq.
Tog‘ sahrosi 1300 metrdan 2100 metrgacha bo‘lgan balandlikda
Zarafshon-Hisor baland tog‘lari juda qirraliligi, qoyaliligi, o‘r-qirligi va
toshlarning yaqqol chiqib turishi bilan ajralib turadi.
O‘rta tog‘lar 2 guruhga bo‘linadi: birinchi guruh juda kuchli o‘r-qirli
chuqur tog‘ soylari mavjudligi nuralgan yotqiziqlarning deyarli bo‘lmasligi,
asosan, ochiq qoyalarning mavjudligi, ikkinchi guruh esa ko‘p yassi qiyalik,
supasimon elyuviy va dellyuviy yotqiziqlari bilan qoplanganligi bilan ajralib
turadi. Bu yotqiziqlar litologik nuqtai nazardan dag‘al, qirrali chag‘ir toshli
skeletlardan tashkil topgan. Tog‘ oldi rayonlar to‘lqinsimon, asosan lyoss va
lyossimon yotqiziqlardan tashkil topgan.
Xisor tog‘i. Tog‘ jigarrang tuproqlar-tog‘li o‘lkaning asosiy tuproqlari
hisoblanib, bevosita bo‘z tuproqlar zonasining eng so‘nggi tipchasi bo‘lgan to‘q
tusli bo‘z tuproqlardan yuqorida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 1000-1150
metr balandlikdan boshlanib,4000 metr balanlikgacha etadi. Bu tuproqlar
o‘zining tuzilishi, kimyoviy, fizikaviy xossalari hamda o‘zining tabiiy tuproq
paydo bo‘lish jarayonlari bilan tekislikda tarqalgan boshqa tipdagi tuproqlardan
farqlanadi.
45