Page 49 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 49

geologik  jihatdan  kompleks  qoldiq,  effuziv  va  intruziv  jinslardan,  devon  va
            karbon davri yotqiziqlaridan tashkil topgan.Yuqori  Poleozoy erasi vulqonlari,
            yura,  o‘rta  karbon  davrlariga  to‘g‘ri  keladi.  Yuqori  poleozoy  erasining

            15metrdan qalin qoldiq effuziv yotqiziqlari Chotqol tog‘ining ko‘p maydonini
            egallaydi.  Qo‘riqxonaning  yuqori  tog‘li  mintaqasining  tuproq  hosil  qiluvchi
            jinslari  elyuviy  va  dellyuviy  yotqiziqlar  xisoblanadi.  Tuproq  hosil  bo‘lish
            jarayoni  tog‘  jinslarining  nurashi  natijasida  ro‘y  beradi.  Ko‘pchilik  holatda
            rel’ef  va  ona  jinslar  tog‘  ko‘chkinlari  ta’sirida  o‘zgarib  turadi.  Shu  sababli
            tuproq  hosil  bo‘lish  jarayoni    ona  jinsga  bog‘liq  bo‘lib,  hosil  bo‘lgan
            tuproqlarga ona jinsning xossa va xususiyatlari  o‘tadi. Tog‘ tuproqlari haqida

            to‘liq  ma’lumotga  ega  bo‘lish  uchun  tog‘larning  qiyalik  darajasini  o‘rganish
            muhimdir.  Shimoliy  qiyalik  janubiy  qiyalikdan  o‘zining  xossalari  bilan  farq
            qiladi.  Shimoliy  qiyalik  o‘zining  o‘simliklar  bilan  yaxshi  qoplanganligi,
            eroziyaga  kam  uchraganligi,  tuproq  qoplamining  qalinligi  bilan  janubiy
            qiyalikdan keskin farqlanadi.

                   Iqlimi.  Chotqol  biosfera  qo‘riqxonasining  iqlimi  Turon  iqlim  sharoitiga
            to‘g‘ri keladi. Tog‘ iqlimining o‘ziga xos alohida xususiyatlariga uning quruq
            va  kontinentalligi,  nur  va  quyosh  radiatsiyasining  kattaligi  hamda  havoning
            yillik  sutkalik  amplitudasining  kattaligi  kabilarni  keltirish  mumkin.  Tog‘
            iqlimining  alohida  xususiyati  havoning  yillik  va  sutkalik  o‘zgarishlaridir
            [Stepanov I.N 1975]. O‘rta Osiyo tog‘ tizmalarining iqlim oqimining turlicha
            aylanishi  va  iqlim  elementlarining  tarqalishiga  bog‘liq.  Ular  o‘z  navbatida
            tog‘lardagi  qiyalikning  qanday  joylashganligiga,  havo  oqimining  aylanishiga,

            dengiz sathidan qanday balandlikda  joylashganiga  bog‘liq. Masalan, shimoliy
            va  janubiy  qiyalik  bir  xil  balandlikda  bo‘lishiga  qaramasdan,  ulardagi  havo
            harotati 1-1,5° C ga farq qiladi. Geografik joylashuviga qarab qo‘riqxona katta
                                                                                2
            miqdorda quyosh radiatsiyasini oladi. 135-136 kkal/sm , eng sovuq oy dekabr-
            yanvar  oylari  bo‘lib,  o‘rtacha  yillik  havo  harorati  -0,5°-2,0°C.  Havo  harorati

            fevral oyidan bir oz yumshay boshlaydi va ushbu jarayon iyun oyigacha davom
            etadi. Eng issiq oy  iyul bo‘lib, o‘rtacha oylik harorat +24,3°C, iyun va avgust
            oylarida esa +21 +22,2°C ni tashkil qiladi.
                     Tuproqning  issiqlik  xossasi.  Tuproqning  ustki  qatlamining  harorati
            +42,2°C dan +39,5°C  atrofida bo‘lib, yoz oylarida issiqlik +27,0 +30,0°C ga
            etadi,  tuproq  harorati  -18,8°,  yanvar  va  fevral  oylarida  o‘rtacha  +0,6°C  ni
            tashkil etadi.

                     Yillik yog‘inlar miqdori yil bo‘yi turlicha,yanvardan-aprel oyigacha jami
            340-350mm yoki  yillik yog‘inning 60 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
                      Maksimum yog‘inlar aprelga (113,7mm), minimum iyul va avgust (1,0-
            4,0mm) oylariga to‘g‘ri keladi. Umumiy yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 759,30
            mm ni tashkil qiladi. O‘rtacha 100-180 kun qor bilan qoplanib turadi.   Qorning
            qalinligi 6sm dan 30sm gacha bo‘ladi.



                                                            49
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54