Page 44 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 44
agrokimyoviy, agrofizikaviy va boshqa barcha xossa-xususiyatlari bilan
farqlanadi:
Birinchidan-tog‘li o‘lka tuproqlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish
jarayonining umumiy va xususiy belgilari;
Ikkinchidan-tog‘ tuproqlarining vertikal qonuniyatlarga bo‘ysunishi;
Uchinchidan- tog‘ tuproq tipi va tipchasining unumdorlik va ekologik
ko‘rsatkichlari (melkozyom qatlam qalinligi, skeletligi, mexanik tarkibi,
gumusi, agregatlik holati, eroziya bo‘yicha yuvilish darajasi, qiyaligi kabilar)
bo‘yicha o‘zaro tafovutlari mavjud.
Chotqol biosfera qo‘riqxonasida quyidagi tuproq tiplari uchraydi.
I. Tog‘ jigarrang tuproqlar. Bu tuproq tipi uch tipchaga bo‘linadi:
Tog‘ jigarrang karbonatli;
Tog‘ jigarrang tipik;
Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan.
Zomin tog‘idagi tuproq tiplari
1.Tog‘ jigarrang tuproqlari. Bu tuproq tipi uch tipchaga bo‘linadi:
Tog‘ jigarrang karbonatli;
Tog‘ jigarrang tipik;
Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan.
2. Tog‘ o‘tloqi soz-botqoq tuproqlar.
Nurota tog‘ida asosan bitta tog‘ tuproq tipi-tog‘ jigarrang tuproqlar
mavjud. Bu hududda tarqalgan tog‘ jigarrang tuproqlar uchta tipchaga bo‘linsa-
da, ularning profili qisqa, sertoshli, serkarbonatli, hatto chuqur ishqorsizlangan
tipchasi deyarli uchramaydi.
Qora-qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon mintaqa tuproqlari
Qora-qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon mintaqasining tuproqlari dengiz sathidan
1350- 1400 metrdan, 2000-2400 metrgacha balandlikda joylashgan. O‘rtacha
yillik yog‘inlar miqdori 700-900mm, o‘rtacha yillik havo harorati 8-12°C
atrofida. O‘rmonlar bu yerda juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, asosan, yong‘oq,
olma, tog‘olcha, na’matak, do‘lana kabi o‘simliklar keng tarqalgan. Bu
tuproqlar quyidagi morfologik xususiyatlarga ega: yuqori gumusli qatlami 20-
45 sm. atrofida to‘q tusli bo‘z rangda bo‘lib, yongoqsimon strukturali va o‘rta
qumoq mexanik tarkiblidir.
Subalp tog‘-o‘tloqi va o‘tloqi-dasht tuproqlar.
Subalp tog‘-o‘tloqi va o‘tloqi-dasht tuproqlar baland tog‘larda dengiz
satxidan 2400-3000 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos original
tiplari hisoblanadi. Ular ancha sernam, atmosfera yog‘inlari ko‘p yog‘adigan
sharoitda alp va subalp tipiga kiradigan turli o‘t-o‘simliklar ta’sirida har xil ona
jinslar ustida paydo bo‘lgan. Asosan baland tog‘larning shimoliy sernam
bo‘lgan qiyaliklarida baland bo‘yli turli o‘t-o‘simliklar ta’sirida rivojlangan
bo‘lib, morfologik va kimyoviy xususiyatlari jihatidan tog‘ jigarrang
tuproqlardan unchalik katta farq qilmaydi. Bu tuproqlar o‘zining morfologik
44