Page 54 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 54

elyuvial,  morfologiyasi  yuqoridagi  karbonatli  tuproqlardan  farq  qiladi.Bu
            tuproqlar  o‘ziga xos quyidagi morfologik xususiyatlarga ega:
                     -yaxshi  ifodalangan  chimli  va  qoramtir-jigarrangli  chirindili  qatlamning

            mavjudligi, to‘zilishi, donador,  kesakchali, suvga chidamli agregatlar  ma’lum
            miqdorda  uchraydi,  serchirindi.  Chirindi  miqdoriga  qarab  kam,  o‘rta  va  ko‘p
            chirindili guruxlarga bo‘linadi. Chirindili qatlam qalinligi 50 sm gacha, tuproq
            osti jonivorlar, ayniqsa, yomg‘ir chuvalchangi tomonidan yaxshi ishlangan;
                  -oraliq  B  qatlam  och  jigarrangdan  to  to‘q    jigarrang  o‘rtasida  bo‘lib,  bu
            qatlam ikki qismga- yuqori kam karbonatli, to‘qroq rangli, chirindili, ko‘proq
            kesakchali suvga chidamli agregatlari mavjud, g‘ovakroq qatlam, pastki qatlam

            karbonatli,  natijada  oqish  rangli  nisbatan  kam  chirindili,  agregatlari
            uvalanuvchi,  biroz  zichlashgai,  ikkala  guruh  tarkibida  ham  tuproq  jonzotlari
            tomonidan  yaxshi  ishlangan  qatlamlarning  mavjudligi,  profil  o‘rta  qismining
            loylashganligi  va  mexanik  tarkib  jihatdan  ona  jinsga  nisbatan  biroz
            og‘irlashganligi, tuproq skeletliligining kam ifodalanganligi bilan tavsiflanadi.

                       83-kesma.  Chotqol  davlat  qo‘riqxonasining  janubiy  qiyaligida
            joylashgan,  5-8°  qiyalikda,  archa  va  o‘t  o‘simliklardan  zizofora,  bessmertnik
            o‘sadi, dellyuvial, prollyuvial yotqiziqlardan iborat.  O‘simliklar qoplami ko‘p
            bo‘lganligi uchun yaxshi chimlangan, eroziyaga kam chalingan.
                     Achim  0-10sm.  Chimli  qatlam  to‘q  jigarrang,  namlangan,  strukturasi
            donador mayda toshchalar uchraydi, o‘rta qumoq, o‘simlik ildizlari juda ko‘p,
            10% li HCL da qaynaydi  keyingi  qatlamga  o‘tish rangi-tusi va zichligi  bilan
            farqlanadi.

                      10-29sm. Chim osti qatlam, yaxshi namlangan, o‘rta qumoq, strukturali,
            kam  zichlangan,  o‘simlik  ildizlari  ko‘p,  turli  o‘lchamdagi  mayda  toshchalar
            uchraydi, 10% li HCL da kuchli qaynaydi. Keyingi qatlamga o‘tish rangi-tusi
            bilan.
                      29-44sm.Och  jigarrang,  yaxshi  namlangan,  o‘rta  qumoq,  mayda

            bo‘lakchali,  strukturasi  yaxshi  ifodalanmagan,  mayda  o‘simlik  ildizlari  ko‘p
            uchraydi. 10% li HCL da kuchli qaynaydi. Keyingi qatlamga  o‘tish mexanik
            tarkibi bilan.
                     44-65sm.Rangi-tusli  och  jigarrang,  namligi  o‘rtacha,  og‘ir  qumoq,
            strukturasiz, o‘rtacha zichlangan, tuproq jonivorlarining izlari bor. 10% li  HCL
            da kuchli qaynaydi. Keyingi qatlamga o‘tish rangi-tusi bilan farqlanadi.
                    65-98sm.Och  jigarrang,  namlangan,  og‘ir  qumoq,  strukturali,  yaxshi

            rivojlanmagan  mayda  o‘simlik  ildizlari  ko‘p,  sochiluvchan,  10%  li  HCL  da
            kuchli  qaynaydi.  Keyingi  qatlamga  rangining  o‘zgarishi  va  zichligi  bilan
            farqlanib o‘tadi.
                     98-150sm. Kulrang, oqish rang tus berib turadi, yaxshi namlangan, og‘ir
            qumoq,  yuqori  qatlamga  nisbatan  zich,  archa  ildizlari  uchraydi.  Mayda  yirik
            yig‘ilmalari uchraydi, 10% li HCL da kuchli qaynaydi.



                                                            54
   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59