Page 57 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 57

fosfor miqdori esa 0,21-0,35% dan 0,19-0,23% ni tashkil etadi, Bu tuproqlar o‘z
            nomi  bilan  ishqorsizlanganligidan  qatlamlardagi  CO2  miqdori  1-2%  dan
            oshmaydi.

                    Tipik  tog‘  jigarrang  tuproqlarning  hosil  bo‘lish  sharoiti  ishqorsizlangan
            tuproqlarga  ancha  yaqin  bo‘lganligi  sababli  ulardagi  gumus  miqdori  chimli
            qatlamda  4,5-6,0%,  chim  osti  qatlamida  3-4%,  umumiy  azot  va  fosfor
            miqdorlari bu qatlamda 0,4-0,5% va 0,19-0,25%, karbonatlar esa biroz ortib, 5-
            8% atrofida.
                     Tog‘ jigarrang  karbonatli tipchasi qatlamlarida gumus miqdori 3,0-3,5%
            va  1-2%,  umumiy  azot  va  fosfor  oldingi  ikki  tipchaga  nisbatan  ancha  kam.

            Ammo CO2 karbonatlar miqdori keskin ortib, 7,5-10,0% atrofida bo‘ladi. Tog‘
            jigarrang tuproqlar sergumusliligi natijasida katta singdirish sig‘imiga ega. Bu
            ko‘rsatkich yuqori chimli qatlamlarda 23- 26mg/ekv, chim ostida 20-24mg/ekv
            va  pastki  qatlamlarda  keskin  kamayib,  13-14mg/ekv.  ni  tashkil  etadi.    Bu
            tuproqlarning  singdirilgan  asoslar  tarkibi  ikki  valentli  kalsiy  va  magniy

            kationlari bilan to‘yingan bo‘lib, ularning miqdori 90-98 foiz atrofida.
                     Tog‘ jigarrang tuproqlarning umumiy fizik xossalari. Har bir mineral
            o‘ziga xos solishtirma og‘irlikka ega. Tuproqning asosiy mineral qismini tashkil
                                                                                        3
            etuvchi dala shpatlarining solishtirma og‘irligi 2,60-2,72g/sm bo‘lib, ularning
            nurash mahsulotlari ustida rivojlangan tuproqlar uchun ham solishtirma og‘irlik
            shunday    bo‘ladi.  Tog‘  jigarrang  tuproqlarining  barcha  tipchalarining
                                                                     3
            solishtirma  og‘irligi  o‘rtacha  2,59-2,64g/sm .  Chimli  qatlamlarda    2,58-
                       3
            2,59g/sm  atrofida bo‘lishi gumus  va organik qoldiqning ishtirok etishi bilan
            bog‘liq.  Hajm    og‘irlik  esa  tuproq  tipchalarining  yuqori  qatlamida  1,22-
                                                                                                   3
            1,25g/sm   3   ni  tashkil  qilib,  keyingi  qatlamlarda  esa  1,34-1,40  g/sm   gacha
            ortadi. Gumus miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli hajm og‘irligi unchalik yuqori
            emas.
                       QORA-QO‘NG‘IR TOG‘-O‘RMON MINTAQASINING TUPROQLARI

                     Qora-qo‘ng‘ir  tog‘-o‘rmon  tuproqlari    dengiz  sathidan  1350-1400  dan
            2000 2400 metrgacha bo‘lgan  balandlikda joylashgan. O‘rtacha yillik yog‘inlar
                                                                                0
            miqdori 700-900mm, o‘rtacha yillik havo harorati 8-12  C atrofida. O‘rmonlar
            bu  yerda  juda  yaxshi  rivojlangan  bo‘lib,  asosan,  yong‘oq,  olma,  tog‘olcha,
            na’matak,  do‘lana  kabi  o‘simliklar  keng  tarqalgan.  Bu  tuproqlar  quyidagi

            morfologik belgilarga ega. Yuqori gumusli qatlami 20-45sm atrofida to‘q tusli
            bo‘z tusda bo‘lib, yong‘oqsimon strukturali, o‘rta qumoq mexanik tarkiblidir.
            Gumus osti qatlami uchun mexanik tarkibning bir muncha og‘irlashishi hamda
            rangining  bir  oz  och  yoki  qo‘ng‘ir,  strukturasi  yirik  yong‘oqsimon  bo‘lishi
            xosdir.  Tuproq  rangining  yanada  och  tusga  o‘tishi  hamda  karbonatli

            mog‘orlarning  paydo  bo‘lishi  bilan  ona  jins-lyoss  (soz)  qatlami  boshlanadi.
            Qora-qo‘ng‘ir  tog‘-o‘rmon  tuproqlardagi  karbonatlar  ham  bir  muncha
            chuqurroq qatlamlarga yuvilib tushgan.


                                                            57
   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62