Page 61 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 61
C. 35sm. Ona jins.
Ayrim hududlarda qiyalik darajasi 30° ni tashkil qiladi, biroq shimoliy va
g‘arbiy qismlarda melkozyom tuproqlar tarqalishiga sharoit mavjud bo‘lib, ular
120sm chuqurlikgacha hosil bo‘lgan. Shimoliy va g‘arbiy hudud tuproqlari
kesmalari quyidagi xususiyatlarga ega:
18-kesma.Boshqizilsoy maydoni. Langarsoyning yuqori qismi. O‘simlik
qoplami: yalpiz, polin va boshqa o‘simlik turlari o‘sadi. O‘simliklar bilan
qoplanganlik darajasi 100% ni tashkil qiladi. HCL eritmasida qaynamaydi.
Achim.0-7sm.Chimli, qo‘ng‘ir tusda, quruq, o‘rta qumoq, kuchsiz
yassilashgan, donador changlanuvchan strukturali, qatlamga o‘tish zichligi
bilan farqlanadi.
Acho.7-18sm. Chim osti, qo‘ngir tusda, quruq, o‘rta qumoq, kuchsiz
yassilashgan, donador changlanuvchan, tarkibida ildiz qoldiqlari ko‘pligi,
keyingi qatlamga o‘tish rangi, zichligi va strukturasi bilan farqlanadi.
A1 18-35sm. To‘q jigarrang, quruq, o‘rta qumoq, donador-yong‘oqsimon,
tuproq chuvalchanglari faoliyati natijasida ishlov berilgan, ba’zan ildiz
qoldiqlari uchraydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi-tusi va strukturasi bilan
farqlanadi.
B.35-54sm. Yuqoridagi qatlamga nisbatan och tusda, quruq, o‘rta qumoq,
strukturasiz, tuproq organizmlari kam, ildiz qoldiqlari kam uchraydi, keyingi
qatlamga o‘tish skeletliligi, namligi bilan farqlanadi.
C. 54-100sm. Och qo‘ng‘ir tusli, nam, o‘rta qumoq: strukturasiz, tuproq
organizlarining faoliyati sezilmaydi, tog‘ jinslarining mayda bo‘laklari mavjud.
19-kesma. Shimoliy-g‘arbiy kiyalik darajasi 45° ni tashkil qiluvchi
cho‘qqi, dengiz sathidan 3200m balandlikda joylashgan. O‘simliklar qoplami
85% ni tashkil qiladi, tuproq yuzasi kam yuvilgan, HCL eritmasida
qaynamaydi. Skeletlilik darajasi yuqori 30-40%.
A. 0-13sm. To‘q, kulrang tusli, kuchsiz namli, yengil qumoq, chang-
lanuvchan donador, mayda va yirik o‘simliklar ildiz qoldiqlari ko‘p uchraydi,
ba’zan turli o‘lchamli tosh donachalari uchraydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi-
tusi, strukturasi, zichligi bilan farqlanadi.
A113-37sm.Kulrang, quruq, engil qumoq, donador-changlanuvchan, ildiz
qoldiklari ko‘p, 1-5sm kattalikdagi tosh donachalari uchraydi. Keyingi
qatlamga o‘tish rangi kesma bo‘yicha o‘zgaruvchanligi va mexanik tarkibi bilan
farqlanadi.
B. 37-60sm. Kulrang, jigarrang tusli, kuchsiz namli, o‘rta qumoq, donador,
mayda tosh donachalari ko‘p, ildiz qoldiqlari kam.
C. 60sm. Ona jins.
5-kesma. Boshqizilsoy maydoni. Shimoliy qism, qiyalik darajasi 26° ni
tashkil qiladi, HCL eritmasida qaynamaydi. Subalp tog‘lariga xos o‘tlardan
yaltirbosh, tukli bug‘doyiq, qo‘ng‘irbosh, qashqargul va boshqa o‘simliklar
o‘sadi.
61