Page 64 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 64
Alp mintaqasining ayrim tuproqlariga qisqacha izoh.
A.Tog‘-o‘tloqi torflashgan tuproqlar baland tog‘ mintaqasining asosan
namligi yuqori bo‘lgan shimoliy qiyaliklarida tarqalgan. Tuproq yuzasi
mustahkam chimlangan va haroratning yuqori ko‘tarilmasligi sababli
torflashgan. Tuproq profilining yuqori qismining rangi qora, chirindi miqdori 8-
14% ni tashkil qiladi. Mexanik tarkibi bo‘yicha engil qumoq.
B.Tog‘-o‘tloqi chala torflashgan to‘q qo‘ng‘ir tuproqlar xossa va
xususiyatlari bilan tog‘-o‘tloqi torflashgan tuproqlarga yaqin. Chirindi miqdori
9-13% bo‘lib, chirindili qatlamning qalinligi 30-40sm. Mexanik tarkibi
bo‘yicha engil va o‘rta qumoq.
C.Tog‘-o‘tloqi-dasht, chala torflashgan tuproqlar alp mintaqasining
janubiy qiyaliklarida tarqalgan, o‘t-o‘simliklarining bo‘yi juda past. Bu
tuproqlar yuqoridagi tuproqlarga nisbatan sal boshqacharoq bo‘lib, chirindi
miqdorining kamligi, 6-10% dan oshmasligi, chimli qatlamlarining qisqaligi,
kam chimlanganligi, rangining nisbatan ochroq bo‘lishligi karbonatlarning
yuqori qatlamlarda ayniqsa, 10-55sm.da uchrashi bilan izohlanadi. Buloq
suvlari va daryo irmoqlari (soylar) suvlari ta’sirida namligi yuqori bo‘lgan
joylarda o‘tloqi-soz-torflashgan tuproqlar hosil bo‘ladi.
O‘zbekistondagi baland tog‘larda ham alp mintaqasiga xos abadiy qorli-
muzliklar boshlanib, bu yerlarda asosan toshloqlar va tik qoyalardan tashkil
topganligi uchun tuproqlar deyarli uchramaydi. Asosan bu joylarda nurab
ulgurmagan tog‘ jinslarining ustida mox va lishayniklar o‘sadi.
O‘zbekistonda subalpik va alp zonadagi o‘tloqlar tog‘ saxrosi
tuproqlarining umumiy maydoni 0,8 mln. gektar bo‘lib, umumiy yerining 1,9%
ini tashkil qiladi.
Zomin tog‘idagi Zomin «Xalq bog‘i» O‘zbekistonning janubiy-sharqida
Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan bo‘lib uning maydoni 47,470
gektarni tashkil qiladi. Bog‘ning g‘arbiy tomoni Boyqo‘ng‘ir va Guralash
soylarining o‘zani bo‘ylab Baxmal o‘rmon xo‘jaligi bilan chegaradosh.
Shimoliy chegarasi Molko‘zor tog‘ tizmasining janubiy-sharqidan o‘tib,
Chorjang‘i darasigacha tarqaladi, janubdan shimolga buriladi va Ettikechuv
soyini yoqalab, Zominsuvga qo‘shilgan joydagi Dug‘oba qishlog‘igacha boradi.
Janubda Zomin tog‘i Turkiston tog‘ tizmasi bo‘ylab Tojikiston Respublikasi
bilan chegaradosh. Bog‘ning sharqiy chegarasi Tojikiston Respublikasi
chegarasi bo‘lib, Usmoni, O‘rikli, Sharildoq soylarining bosh qismidagi palaxsa
ohaktoshlardan tuzilgan tog‘lardan o‘tadi.
Joyning geologiyasi, geomorfologiyasi va litologiyasi. Zomin tog‘ida
geologik tuzilishi jihatidan paleozoy davrining metamorfizmga uchragan
cho‘kindi jinslari, kembriy davridan boshlab devon, mezozoy va kaynozoy
erasining turli-tuman yotqiziqlari ustunlik qiladi. Paleozoy yotqiziqlari yoshiga
qarab kembriy, ordavik, silur, devon, karbon va yuqori paleozoyga ajratiladi.
Bu yotqiziqlar Ko‘klisoy, Chandirsoy, Qizilmozorsoy va Qashqasuv o‘rta
64