Page 67 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 67

bevosita  tasiri  yerlarga  ishlov  berish,  sug‘orish,  botqoqliklarni  quritish,
            o‘g‘itlash,  o‘rmonzorlarni  barpo  qilish,  tuproqni  eroziyadan  saqlash  bo‘lsa,
            bilvosita  ta’siri  natijasida,  buning  aksi  kuzatilishi  mumkii,  ya’ni  o‘rmonlarni

            kesib, yondirib, o‘simlik qoplamini mol boqib yo‘qotishi natijasida muvozanat
            va  tabiiy  tuproq,  hosil  bo‘lish  jarayoni  buziladi.Tuproq  unumdorligining
            yo‘qolishiga sabab kuchli eroziyaga uchraydi va oqibatda tuproq yaroqsiz holga
            kelib  qoladi.  O‘rmonzorlarning  yo‘q  qilinishi  xayot  manbai  bo‘lmish
            yog‘ingarchilik miqdori, xavoniig nisbiy namligi, tirik jonzotlar yashashi uchun
            zarur  bo‘lgan  kislorod  miqdori  kabi  va  umumai,  tabiiy  boyliklarning
            kamayishiga  sabab  bo‘ladi.  Keyingi  yillarda  insonlarning  nojo‘ya  harakatlari

            tufayli  Zomin  «Xalq  bog‘i»da  shifobaxsh  o‘simliklarning  bir  qismi  umuman
            yo‘q  bo‘lib  ketgan,  ma’lum  qismi  esa  payhon  qilinib,  atrof-muhitning
            chiqindilar bilan ifloslanishi ortib borayotgani kuzatilgan.   Zomin «Xalq bog‘i»
            go‘zal manzarali ko‘rinishga-landshaftga  ega.
                           Zomin tog‘i  jigarrang karbonatli tuproqlarining xossalari.

                     S.S.Neustruev  [1911]  Farg‘ona  vodiysi  Andijon  xududining  tog‘li
            xududlarini  o‘rganish  jarayonida  bunday  tuproqlarni  to‘q  tusli  kulrang
            tuproqlarga  ajratgan.  Bu  tuproqlar  Zomin  «Xalq  bog‘i»  ning  yuqori  qismida
            dengiz  satxidan  1300-1600metr,  ba’zan  2100metr  balandlikda  o‘tli  va
            daraxtsimon o‘simliklar ostida hosil bo‘lib, bo‘rtib chiqqan yalang‘och janubiy
            qiyaliklarda uchraydi.
                     I.P.Antipov-Karataev  [1949,1950],  M.Abdullaevlar  [1965]  Tojikiston
            Xisor tog‘ tizmasiga kiruvchi tuproqlarga och jigarrang karbonatli tuproqlar deb

            nom  berishgan.  Bu  tuproqlar  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarning  yuqorisida    1300-
            1600  metr  balandlikda,  janubiy  qiyaliklarda  esa  2000  metr  balandlikda  ham
            uchraydi.  Ularda  asosan  bug‘doyiq-agropyrum  trychopgorbm,  na’matak  (rosa
            sp),  tog‘  yalpizi  (pao  bulbosa),  duk  cho‘p  (lonicera  korolkovi)  va  boshqa
            o‘simliklar  tarqalgan.  Tuproq  hosil  qiluvchi  ona  jins  lyossimon  qumoq  va

            elyuviy  ohaktoshlari  hisoblanadi.  Tik  qiyaliklarning  siyrak  archazorlarida  bu
            tuproqlar  dellyuviy  slaneslar  va  ohaktoshlar,  ba’zan  dellyuvial  lyossimon
            qumoqlarda hosil bo‘lgan. Ular quyidagi morfologik belgilari hamda o‘ziga xos
            kimyoviy xossalari bilan ajralib turadi.
                        1.To‘q  kulrang-jigarrang  tusli,  gumusli  qatlami  boshqa  jigarrang
            tuproqlarga  qaraganda  birmuncha  qisqa,  gumusning  oz  yoki  ko‘pligi  shu
            qatlamga  to‘q  yoki  och  jigarrang  tus  berib  turadi.  Yuqoridan  pastga  keskin

            o‘zgaradi.
                        2. Ba’zan tuproq profili loylangan yoki kuchsiz loylangan va shu bilan
            birga ona jinsga nisbatan mexanik tarkibi og‘irlashgan hamda zichroq bo‘ladi.
                       3.Gumusli  qatlami  donador  g‘ovak  strukturaga  ega  bo‘lib,  kesmaning
            chuqurligi oshgan sari yong‘oqsimon kesakchali, changsimon strukturalidir. Bu
            strukturalar  bir-biri  bilan  bo‘sh  bog‘langan.  Agregatli  bo‘lakchalar  suvga

            chidamsiz. Buning sababi ular chirindi moddasi bilan kam to‘yinganligidir.
                                                            67
   62   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72