Page 72 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 72

0-11sm. Chimli qatlam to‘q jigarrang, o‘rta qumoq, nam, zichlangan, ko‘p
            shag‘allar uchraydi, changsimon, o‘simlik ildizlari uchraydi, keyingi qatlamga
            rangi va zichligi bilan utadi.

                     11-20sm.  Chim  osti  qatlam,  yuqoridagi  qatlam  rangidan  ochroq,  o‘rta
            qumoq,  quruq,  keyingi  qatlamga  qaraganda  zichroq,  ildizchalar  ko‘p,  mayda
            toshlar uchraydi, keyingi qatlamga o‘zining skeletliligi bilan o‘tadi.
                     20-35sm.  Och  jigarrang,  o‘rta  qumoq,  zichlangan,  tog‘  jinslarining  turli
            o‘lchamdagi bo‘lakchalari hamda ildizchalar juda kam uchraydi.
                      35-60sm. Rangi ochroq, biroz jigarrang yoki qizg‘ish tusli, engil qumoq,
            zich, ko‘p skeletli bo‘lakchalar, karbonatli yaralmalar bor, shuning uchun ham

            HCL kislotasida mayda zarralar va skeletli bo‘lakchalar ham qaynaydi.
                    Yuqorida  keltirilgan  jigarrang  tipik  tuproqlar  morfologiyasi  oldin  ko‘rib
            o‘tilgan jigarrang karbonatli tuproqlar morfologiyasidan genetik qatlamlarning
            juda  aniq  ifodalanganligi,  barcha  morfologik  belgilarning  aniq  va  ravshan
            tabaqalanishi,  ko‘p  miqdordagi  chirindili  qatlamning  mavjudligi  bilan

            farqlanadi.  Tipik  jigarrang  tuproqlarning  rivojlangan  qiyaliklarida  o‘simlik
            dunyosi yaxshi rivojlangan, chimli qatlami ham qalin.
                    Tog‘  jigarrang  tipik  tuproqlar  yuqori  unumdor  gumusli  qatlamga  ega
            ekanligini laboratoriya tahlillari yana bir bor isbotladi. Keltirilgan ma’lumotlar
            bo‘yicha  chimli qatlamlarda gumus 8-12%, chim osti qatlamlarida esa 4-6%
            atrofida.  Bu  ko‘rsatkichlar  yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  tog‘  jigarrang  karbonatli
            tuproqlarning chirindi ko‘rsatkichidan ikki marotaba va undan ko‘pdir. Gumus
            miqdori  keyingi  pastki  qatlamlarda  sezilarli  kamayadi,  lekin  60-80sm

            chuqurlikda ham 2-3% ni tashkil qiladi. Jigarrang tipik tuproqlarda gumusning
            ko‘pligi, yaxshi rivojlangan o‘simlik hamda hayvonot dunyosining mahsulidir.
                    Tog‘  jigarrang  tipik  tuproqlar  gumusga  boy  bo‘lganlngi  sababli  ular
            umumiy azotga nisbatan umumiy fosforga ham boy hisoblanadi. Chim va chim
            osti qatlamlarida umumiy azot miqdori 0,6-0,7% dan yuqori, pastki qatlamlarda

            esa  bu  ko‘rsatkich  0,15-0,25%  gacha  qisqaradi.  Umumiy  chirindi  bilan  azot
            miqdorlari o‘zaro taqqoslanganda, umumiy azotning miqdori nisbatan kamligini
            ko‘rishimiz mumkin. Buning asosiy sababi, bu tuproqlarda gumusning paydo
            bo‘lishi  ko‘pchilik  hollarda  faqatgina  o‘simlik  dunyosining  er  osti  va  er  usti
            qoldiqlari hisobiga bo‘layotganligidan dalolat beradi. Pastki qatlamlarda gumus
            miqdorining  ko‘rsatkichi  keskin  kamaysada,  umumiy  azot  miqdori  unchalik
            keskin  kamaymaydi.  Umumiy  fosfor  miqdori  chirindi  bilan  bog‘liq  emas,

            umumiy fosfor miqdori tuproqning yuqori qatlamlarida 0,15-0,25%, eng chuqur
            qatlamlarda esa hatto 0,10% atrofida. Umumiy fosfor miqdorining kamligi bir
            tomondan  chirindi  tarkibida  organik  qoldiqlarning  kam  ishtirokidan  dalolat
            bersa,  ikkinchi  tomondan,  tuproq  paydo  qiluvchi  ona  jinslarning  fosforli
            birikmalarni  saqlamaganini  ko‘rsatadi.  Umumiy  kaliy  miqdori  2%  dan  ko‘p
            bo‘lishi ona jinsdan o‘tgan.



                                                            72
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77