Page 77 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 77
qizg‘ish rangga o‘tganligi, ko‘p tuproq jonzotlari va o‘simlik ildizlarining
mavjudligi, karbonatli birikmalarning ko‘pligi kuzatilgan.
Tuproqlarning fizikaviy xossalari va mexanik tarkibi.
Tuproqlarning rivojlanishi, genetik qatlamlarning takomillanishi eng avval
nuragan tog‘ jinslari mayda zarrachalarining (melkozyom qismining) holati
bilan belgilanadi. Mayda zarrachalar yirindisi o‘z navbatida uning mexanik
tarkibini tashkil qiladi. Tuproqlarning mexanik tarkibi bilan esa tuproq
qoplamining butun xususiyatlari va xossalari (chirindi miqdori, singdirish
sig‘imi, suv o‘tkazuvchanlik, namlik sig‘imi va boshqalar) chambarchas
bog‘liq. Tog‘li o‘lkalarda mexanik tarkib to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki rel’ef sharoitining noqulayligi bu tog‘li
xududda suv eroziyasining keng tarqalish imkonini beradi. Shuning uchun ham
tadqiqotlarda o‘rganilgan tuproqlarning mexanik tarkibi va agregatlik holatiga
katta ahamiyat berilgan. Mexanik tarkib to‘g‘risida olingan ma’lumotlarga
to‘xtashdan oldin dastavval, tog‘ tuproqlarining u yoki bu darajada skeletli
ekanligini ko‘rsatish kerak. Skeletlilik ko‘rsatkichi, odatda, karbonatli
tuproqlardan ishqorsizlangan tog‘ jigarrang tuproqlar tomon kamayib boradi va
bu ko‘rsatkich tuproq vazniga nisbatan 5-35% o‘rtasida tebranib turadi.
Skeletlar tarkibida asosan 2-0,5mm toshchalar ustunlik qiladi va ularning shakli
juda xilma-xildir.
N.A.Kachinskiy [1965] jigarrang tuproqlar tasnifi bo‘yicha asosan engil
va o‘rta qumoqlidir, skeletliligi esa o‘rta darajada. Tuproq profilida har xil
katta-kichiklikdagi mexanik zarrachalarning tarqalishi juda xilma-xil.
O‘rganilgan tog‘ tuproqlarning mexanik tarkibida qum (1-0,05mm) va yirik
chang (0,05-0,01) zarrachalari ustunlik qiladi. Bu zarrachalar yig‘indisi 50-75%
gacha borib, tuproqlar tog‘ qiyaliklarining qaysi qismida joylashganiga qarab
sezilarli o‘zgaradi. Yirik zarrachalarning tuproq profilida ustunlik qilishi,
nurash jarayonining uzluksiz davom etayotganligidan dalolat beradi.
Tuproqning mayda zarrachalari ham butun profil bo‘yicha o‘zgarib, 50-25%
urtasida tebranib turadi. Bu o‘rinda eng mayda zarracha il (<0,001) to‘g‘risida
alohida to‘xtalish lozim. Il zarrachasining miqdori o‘rganilgan tuproqlar
profilida 5-26% orasida o‘zgarib, eng ko‘p miqdori tog‘-o‘tloqi soz-botqoq
tuproqlarning profilida kuzatiladi . Bu tabiiy xol, chunki yuqori namlik
sharoitida birlamchi minerallarning parchalanishi birmuncha tezlashadi va
ikkilamchi, ayniqsa, tarkibida alyuminiy va temir birikmalarini saqlaydigan
minerallarni vujudga keltiradi. Bu tuproqlarning barcha fizik va suv-fizik
xossalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi ehtimolidan uzoq emas.
E.Roomann [1911] tuproq kesmasi profilining o‘rta va pastki qismlarida il
zarrachalarining to‘planishi, ya’ni loylanish darajasining ortishi jigarrang
tuproqlarning tipchalari uchun ham xosdir. Tuproq profilida ro‘y beradigan bu
jarayonni birinchi bo‘lib, ko‘rsatib o‘tgan. Tuproqning ichki nurashi issiqlik va
namlik etarli bo‘lgan sharoitda intensiv davom etib, birlamchi minerallarning
77