Page 82 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 82
oqmasdan ushlanib qolingan, eng ko‘p miqdordagi kapillyar osilgan suvlarga
aytiladi. Uni tuproqning vazniga nisbatan foiz hisobida yoki bir gektar maydon
3
uchun m hisobida belgilash qabul qilingan. DNS tuproqdagi eng zarur erkin
kapillyar suv, u o‘z muddati davomida tuproq namlangandan so‘ng pastki va
yon tomonlarga harakatlanmasdan, tuproq kapillyarlarida ushlanib turadi.
O‘simlik ildizlari bu suv shaklidan kerakli paytda o‘z ehtiyojlariga qarab
foydanadilar. Vaqt o‘tishi bilan bu suvning erkin shakli miqdori kamaya borib,
qiyin o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tadi. Dala nam sig‘imi-DNS bir xil mexanik
tarkibli tuproqlar uchun o‘zgarmas konstanta, ya’ni namlash uchun berilgan suv
miqdorining oshishi bilan DNS ko‘rsatkichi oshmaydi, bu yerda faqat
namlanish chuqurligi ortishi mumkin. Tuproqning DNS ko‘rsatkichi uning
muhim bo‘lgan suv xossasi suv o‘tkazuvchanlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Tuproq
qatlamlarining namlanishi, bu qatlamlardagi suv zaxirasi bilan bevosita bog‘liq.
Ikkinchi tomondan esa, tog‘ tuproqlari qiyalik yerlarda tarkib topganligi,
ularning suv eroziyasiga duchor bo‘lishi uchun ko‘shimcha shart-sharoit
yaratadi.
8.20-21rasmlar. Zomin tog‘i.
Yaxshi suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan maydonlar bu noxush
jarayon ta’siridan ko‘p zarar ko‘rmasligi mumkin. Shimoliy qiyalikda tarqalgan
tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi o‘ziga xosligi bilan
farqlanadi. Serchirindili tog‘ jigarrang tipik tuproqlar suv o‘tkazuvchanligi
birinchi yarim soatda 100-120mm. suv ustunini tashkil qilsa, chirindili darajasi
past karbonatli tuproqlarda esa suv o‘tkazuvchanlik bu vaqt ichida 70-80mm.
ga teng.
KITOB-SHAXRISABZ BOTIG‘INING GEOGRAFIK JOYLASHISHI, TABIIY IQLIM
SHAROITLARI VA TUPROQLARI
Qashqadaryo havzasini o‘z ichiga olgan butun Qashqadaryo viloyati
O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, u shimoldan Samarqand, shimoliy-
g‘arbdan Buxoro, janubiy-sharqdan Surxondaryo, janubiy-g‘arbdan
Turkmaniston Respublikasi va shimoliy-sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan
2
chegaradosh. Maydoni 28,4 ming km . Qashqadaryo havzasi va Pomir-Oloy
82