Page 86 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 86
tuproqlardan yuqorida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 1000-1150m.
balandlikdan boshlanadi. Bu tuproqlar o‘zining tuzilishi, kimyoviy, fizikaviy
xossalari hamda o‘zining tabiiy tuproq paydo bo‘lish jarayonlari bilan
tekislikda tarqalgan boshqa tipdagi tuproqlardan farqlanadi.Pastdan yuqoriga
tomon:
8.22-rasm. Jigarrang tuproq.
1.Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlar. Qisman ochiq maydondagi suv
ayirg‘ichlarda tarqalgan. Bu yerda tuproq xosil bo‘lish jarayoni illyuvial
kseromorf rejimga yaqin sharoitda kechadi.
2.Tog‘ jigarrang tipik tuproqlar. Shimoliy va shimoliy-g‘arbiy, qisman
shimoliy-sharqiy qiyaliklarda tarqalgan bo‘lib, bu yerlarda tuproq hosil bo‘lish
jarayoni illyuvial tartib bo‘yicha kechadi.
3.Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar asosan shimoliy, qisman
shimoliy-sharqiy qiyaliklarning nisbatan tekisroq joylarida tarqalgan bo‘lib,
birmuncha sernam, yuqori chirindili hamda boy o‘simlik qoplamiga ega.
Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlar Hisor tog‘ yonbag‘irlarida keng
tarqalgan bo‘lib, Hisor tog‘ yonbag‘irlarining ochiq qismlarida rivojlangan.
O‘simlik dunyosi siyrak, yer yuzasining ba’zi joylarda to‘la o‘simlik qoplamini
hosil qilmaydi. Yarim butalar, do‘lana, na’matak hamda juda siyrak archalar
o‘sadi. Karbonatli jigarrang tuproqlar ham o‘ziga xos quyidagi morfologik
belgilari bilan izohlanadi. Tuproqlarning rivojlanishida sun’iy sug‘orish katta
ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy sharoitda hammasi bo‘lib, yiliga 100mm dan 400 mm
gacha (cho‘l va adir mintaqalari) yog‘in-sochin suvlari kam tushadigan yerlarni
sun’iy sug‘orishi talab etiladi. Sug‘orish suvlari tuproqlarning butun tabiatini
o‘zgartirib yuboradi, uning genetik qatlamlarida mavjud elementlar harakati,
havo bilan suv nisbati, yangi yaralmalar, loylanish jarayoni, biologik jarayon
keskin o‘zgaradi. Mineral jinslarning ichki nuralish tezligi kabilar o‘zgaradi.
Karbonatli jigarrang tuproqlar quyidagi morfologik belgilari bilan
izohlanadi:
1).To‘q-kul rangli, gumusli qatlami, boshqa jigarrang tuproqlarga nisbatan
birmuncha qisqaligi, chirindi miqdoriga qarab esa bu qatlam kam gumusliligi
va rangi-tusining o‘zgarishi bilan izohlanadi;
86