Page 85 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 85
suvlari oziqlanish manbaiga yaqin joylarda shirin, sulfatli-gidrokarbonatli,
natriyli, kalsiylidir. Oziqlanish manbaidan (tog‘li o‘lkadan tekislik tomon),
sharqdan g‘arbga tomon uzoqlashgan sari suvda erigan mineral tuzlar miqdori
orta boradi, ayrim joylarda bu ko‘rsatkich 50 g/l dan ortiq. Kitob-Shaxrisabz
botig‘ida sizot suvlarining joylashish chuqurligi rel’efning gipsonometrik
joylashganligiga qarab 1,5-8m. dan chuqurda joylashgan.
O‘simlik dunyosi. O‘zbekistonning o‘simlik dunyosi Markaziy Osiyo
o‘simlik dunyosi kabi o‘zining turlari va xilma-xilligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Jumladan, o‘simliklarning shunday turlari uchraydiki, O‘rta yer dengizi
mamlakatlariga xos bo‘lgan grek yong‘og‘i, xandon pista, anor, anjir va
boshqalar Gretsiya, Janubiy Fransiya, Ispaniya hamda O‘rta yer dengizida
joylashgan mamlakatlarda o‘sadi. Bunday subtropik mamlakatlarda o‘suvchi
o‘simlik vakillarining bulishi yana bir marta O‘zbekistan hududining (uning
shimoliy-g‘arbiy hududi istisno qilinadi) subtropik mintaqaning eng shimoliy
qismida joylashganligidan dalolat beradi.Qashqadaryo havzasi murakkab
geologik, geomorfologik, tuproq va iqlim sharoitlariga ega bo‘lganligi sababli
xilma-xil o‘simlik qoplamiga ega.
Havzaning g‘arbiy tekislik qismida o‘simlik dunyosining xilma-xilligi
mazkur hudud yotqiziqlarining litologiyasi, mexanik tarkibi, sho‘rlanish
darajasi va boshqa xususiyatlari bilan far qiladi. Tuproqlarning hayot
faoliyatiga suniy sug‘orish katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy sharoitda hammasi
bo‘lib, yiliga 100mm dan 400mm gama (cho‘l va adir mintaqalari) qor-yomg‘ir
suvlari tushadigan yerlar, albatta, sun’iy sug‘orish orqali namlanishi talab
etiladi. Sug‘orish tuproqlarning butun tabiatini o‘zgartirib yuboradi: uning
genetik qatlamlarida mavjud elementlar harakati, havo bilan suv nisbati, yangi
yaralmalar, loylanish jarayoni, biologik hayot keskin o‘zgaradi, mineral
jinslarning ichki nuralish tezligi kabilar o‘zgaradi, va niqoyat, sug‘orish suvlari
olib kelgan qattiq yotqiziqlar ta’sirida yangi agroirrigatsion qatlam shakllanadi.
Insonning bevosita va bilvosita tuproqqa ta’siri natijasining barcha
ko‘rinishlari Qashqadaryo havzasi hududida namoyon bo‘ladi. Uning tekislik
qismida asosan tarqalgan tipik bo‘z tuproqlar hududi rel’efi jihatidan o‘r-qirli,
o‘nqir-cho‘nqir bo‘lganligi sababli, suv eroziyasiga qarshi kurashish uchun
o‘tkaziladigan tadbirlar to‘q tusli bo‘z va tog‘ jigarrang tuproqlar tarqalgan
hududlarda suv eroziyasining ta’sirini kamaytirish uchun olib boriladigan
tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Kitob-Shahrisabz botig‘ining yuqori qismida
jigarrang tuproqlar, qisman to‘q tusli bo‘z tuproqlar ham tarqalgan.
XISOR VA BOYSUN TOG‘I TUPROQLARINING TARQALISHI, TUPROQ PAYDO
BO‘LISH SHAROITLARI
Hisor tog‘i jigarrang tuproqlarining tavsifi
Tog‘ jigarrang tuproqlar tog‘li o‘lkaning asosiy tuproqlari hisoblanib,
bevosita bo‘z tuproqlar zonasining eng so‘nggi tipchasi bo‘lgan to‘q tusli bo‘z
85