Page 88 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 88
Jigarrang tipik tuproqlar karbonatli tuproqlarga nisbatan birmuncha qalin
chirindili va melkozyomli qatlamga ega, chunki bu tuproqlar tarqalgan
maydonlar rel’efi jifatidan uncha tik (qirrali emas) bo‘lmasdan, tog‘
yonbag‘irlarining shimoliy-sharqiy va shimoliy-g‘arbiy tomonlarida o‘simliklar
dunyosi, butalar yaxshi rivojlangan, archazorli landshaftda tarqalganligini
ko‘rish mumkin.
Jigarrang tipik tuproqlar morfologiyasi yuqoridagi karbonatli tuproqlar
morfologiyasidan farq qilgan holda o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega.
1.Yaxshi ifodalangan chimli va qoramtir-jigarrang gumusli, donador,
kesakchali, suvga chidamli agregatlardan tashkil topgan qatlamning mavjudligi
bilan farqlanadi. Gumus miqdoriga qarab kam, o‘rta va ko‘p chirindili
guruhlarga bo‘linadi. Gumusli qatlami 30-50sm atrofida, tuproq jonzotlari,
ayniqsa, yomg‘ir chuvalchanglari ko‘p.
2.O‘tuvchi B qatlam biroz ochroq rangli, tug‘rirog‘i och jigarrangdan to
to‘q jigarrang oralig‘ida. Bu qatlam 2 qismga: a). Yuqorigi kam karbonatli,
to‘qroq, gumusi ko‘proq, kesakchali, suvga chidamli agregatlari mavjud,
g‘ovakroq qatlam, b). Pastki karbonatli, oqish rangli, nisbatan kam chirindili,
agregatlar mavjud, uvalanuvchi, biroz zichlashgan qism, lekin ikkala qism ham
hasharotlar va jonivorlar tomonidan yaxshi ishlangan.
3.Profilning o‘rta qismi loylangan va mexanik tarkibi jixatidan ona jinsga
nisbatan biroz og‘irlashgan.
4.Tuproq skeletligi kam ifodalangan.
Tog‘ tipik jigarrang tuproqlar: 18 may 1996yil S.Yusupov, L.Tursunov.
Bodomzor qishlog‘idan 1500-2000 metr shimolda, tog‘ning shimoliy
yonbag‘rida joylashgan yaxshi rivojlangan o‘t-o‘simliklari, buta va archalar
bilan qoplangan. Tuproq yuzasi juda yaxshi chimlangan va toshchalar juda kam
0
uchraydi. Nishablik 8-10 . Jigarrang tipik o‘rta qumoq, kuchsiz eroziyaga
uchragan.
15-kesma. Ach.0-6sm. Chimli qatlam to‘q jigarrang, biroz qoramtir tusli,
yog‘in suvlari ta’sirida yaxshi namlangan, o‘rta qumoq, zichlashgan, yaxshi
donador, pastga tomon yong‘oqchasimon kesakchali strukturaga ega, tuproq
yuzasida va qatlamda juda kam sonli mayda toshchalar uchraydi, keyingi
qatlamga o‘tish asta-sekin rangi-tusi bilan.
Acho.6-13sm. Yuqorigi qatlamga nisbatan ochroq jigarrang, namlik
ta’sirida qo‘ng‘ir tusli, o‘rta qumoq, yongoqchasimon hamda har xil
kattalikdagi kesakchali agregatli, o‘simlik ildizlari ko‘p va tuproq
jonzotlarining izlari, yumshoq, mayda toshchalar deyarli uchramaydi, keyingi
qatlamga o‘tish rangi-tusi orqali.
B1.13-42sm. Och jigarrang, biroz qo‘ng‘ir tusli, og‘ir qumoq, nam,
yumshoq, har xil kattalikdagi va shakldagi agregatlar, o‘simliklarning mayda
ildizchalari ko‘p, qatlamda diameri 5-25.mm li kattalikda buta va daraxtlarning
ildizlari uchraydi, tuproq jonzotlarining izlari ko‘p, uzlar chiqindilar bilan
88