Page 84 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 84
Qashqadaryo havzasi geologik tuzilish jihatidan poleozoy davrining
cho‘kindi-magmatik va metamorfik jinslaridan hamda mezozoy davrining
cho‘kindi jinslaridan tashkil topgan. Jumladan, paleozoyning cho‘kindi
yotqiziqlar kompleksi quyi va yuqori selur, quyi va o‘rta devon, quyi, o‘rta va
yuqori karbon davrlaridan tashkil topgan. Mezozoy erasi esa trias, yura va bo‘r
davri yotqiziqlaridan iborat.Qashqadaryo havzasida uchlamchi davr (neogen)
yotqiziqlari ham uchraydi. Ular sho‘rlangan qumli-soz va karbonatli dengiz
yotqiziqlari (quyi neogen) va qizil rangli sho‘rlangan sahro-kontinental (yuqori
neogen) yotqiziqlaridan iborat. Kitob-Shahrisabz botig‘ining asosiy qismini
to‘rtlamchi davr yotqiziqlari qoplab yotadi. Bu hududning tog‘li qismida,
asosan, elyuvial, dellyuvial va prollyuvial dag‘al skeletli yotqiziqlar tarqalgan.
Iqlimi. Qashqadaryo havzasi kontinental, quruq subtropik iqlimning
butun xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Turon pasttekisligining shimoliy qismiga mansub bo‘lgan Markaziy Osiyo
hududida kontinental quruq subtropik iqlim quyidagi belgilarga ega: qish
faslida ham o‘simliklar vegetatsiyasining davom etishi; yoz faslida ochiq
0
(bulutsiz) kunlarning ustunligi va o‘rta haroratning 30 C atrofida tebranishi;
kun va tun hamda sutkalik havo haroratining keskin farqi; atmosfera yog‘in-
sochinlarning qish-bahor faslida ustunligi, yoz faslida yog‘ingarchilikning
bo‘lmasligi; o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda tuproq paydo bo‘lish
jarayoniga faol ta’sir etuvchi nam va iliq bahor qamda juda quruk, yoz faslining
ifodalanishidir.Turon pasttekisligida joylashgan Markaziy Osiyoning janubiy-
g‘arbiy va unga yondosh o‘lkalar hududlari iqlimini o‘rganib, o‘ziga xos
tuproq-iqlim provinsiyasini ajratadi. Bu yerda issiqlik yig‘indisi va yog‘in-
sochinlarning taqsimlanishi MDXning janubiy-sharqiy qismida joylashgan
dasht va dasht-sahro mintaqasi iqlimidan farqlanib, Eron va Afg‘oniston uchun
xos bo‘lgan quruq subtropik iqlim tomon boradi.
Gidrogeologiyasi. Qashqadaryo havzasi gidrogeologiyasi hududning
geologiyasiga, iqlimi, geomorfologik, yotqiziqlarning litologik tuzilishlari va
insonlarning dehqonchilik faoliyatiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Gidrogeologik
sharoitining murakkabligini litologik profilda mexanikaviy tarkibi har xil
bo‘lgan qatlam va komplekslarning bulishi, tez-tez qaytarilib turadigan tektonik
jarayonlar, ko‘p sonli suv omborlarining mavjudligi va nihoyat sun’iy
sugorishning juda taraqqiy etishi bilan bog‘likligini ta’kidlaydilar.Tog‘li
hududda yer osti suvlarining mavjudligi faqatgina tektonik surilmalar mavjud
bo‘lgan chuqur qatlamlarda bo‘lishi yoki chuqurliqda qatlamlar tutashgan
sinklinal botiqlikdagi suv o‘tkazmaydigan linzalar vujudga keltirgan buloq
suvlari uchrashi mumkin. Bunday buloqlar Qashqadaryo, Tanxoz daryo,
Oqdaryoning yuqorigi oqimlarida ko‘p uchrab, ular bu daryolarga o‘z suvlarini
beradi. Havzaning g‘arbiy tekislik qismida uchlamchi va qadimgi to‘rtlamchi
davr yotqiziqlardan tarkib topgan Devxona supasi ta’sirida to‘planib qolgan
bosim ostidagi yer osti suvlari mavjud. Chuqur qatlamlarda yotgan yer osti
84