Page 83 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 83

tog‘larining  g‘arbiy  chekkasida  joylashgan.  Xududning    shimoliy-sharqida
            Kitob-Shaxrisabz  tekisligi,  Qashqadaryoning  g‘arbida  G‘uzor  tekisligi,
            shimoliy-g‘arbida  Qarshi  cho‘li,  janubida  Nishon  cho‘li  va  janubiy-g‘arbida

            Sandiqli    qumli-cho‘li  joylashgan.  Tekislik  shimoliy-sharqqa  tomon  ko‘tarila
            borib,  Hisor  tog‘lari  orasidagi    Kitob-Shahrisabz    botig‘ini  hosil  qiladi.
            Shimoliy-sharq  va  janubiy-sharqdan  cho‘llarni  Zarafshon  (Qoratepa,
            Chaqalikalon  tog‘lari)  va  Hisor  tizmalarining  tarmoqlari  (Osmontarosh,
            Shertog‘,  Yakkabog‘,Ko‘kbuloq,  Chaqchar,  Qorasirt,  Dehqonobod  tog‘lari)
            o‘rab  turadi.  Viloyatning  shimoliy-sharqida  Kitob-Qamashi  tekisligi
            joylashgan, shimolda Zarafshon va janubiy-sharqda Hisor tizmalarining adirlari

            o‘rab turadi. (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, Toshkent, 2005 yil).
                       Qashqadaryo  havzasi  juda  murakkab  geologik  tuzilishga  ega.  Uning
            shimoliy-sharqiy va janubiy-sharqiy Zarafshon hamda Hisor tizmalarida otqindi
            va  metamorfik  jinslar  yotadi.  Viloyatning  janubiy-sharqiy  qismidagi  Hisor
            tizmalarining janubiy-g‘arbiy qiyaliklari butunlay mezozoy va uchlamchi davr

            yotqiziqlari bilan qoplangan. Viloyatning tekislik qismi esa asosan to‘rtlamchi
            davr yotqiziqlari bilan qoplangan bo‘lib, ular asosan yuqori bo‘r va uchlamchi
            davr neogen yotqiziqlari ustida rivojlangan.
                   Qashqadaryo havzasini quyidagi geomorfologik rayonlarga ajratadi: baland
            tog‘lar,  o‘rta  qirli  tog‘lar,  yassi  tog‘lar,  sertoshli  past  tog‘lar  va  tog‘oldi
            rayonlar, lyoss va lyossimon tog‘ oldi to‘lqinsimon adirlar, tog‘ oldi shag‘alli
            shleyflar, daryo vodiysi va quruq o‘zanlar.
                      Zarafshon-Hisor baland tog‘lari juda qirraliligi, qoyaliligi,  o‘r-qirligi va

            toshlarning yaqqol chiqib turishi bilan ajralib turadi.
                     O‘rta  tog‘lar  2  guruhga  bo‘linadi:  birinchi  guruh  juda  kuchli  o‘r-qirli
            chuqur  tog‘  soylari  mavjudligi  nuralgan  yotqiziqlarningdeyarli  bo‘lmasligi,
            asosan,  ochiq  qoyalarning  mavjudligi,  ikkinchi  guruh  esa  ko‘p  yassi  qiyalik,
            supasimon  elyuviy  va  dellyuviy  yotqiziqlari  bilan  qoplanganligi  bilan  ajralib

            turadi. Bu yotqiziqlar dag‘al, qirrali chag‘ir toshli skeletlardan tashkil topgan.
            Tog‘  oldi  rayonlar  to‘lqinsimon,  asosan  lyoss  va  lyossimon  yotqiziqlardan
            tashkil topgan.
                    Qashqadaryo  havzasi  sharqdan  g‘arbga  tomon  nishabli  bo‘lib,  3  ta  yirik
            fizik-geografik  rayonni  o‘z  ichiga  oladi:  bularga:  1).Turon  past  tekisligining
            janubiy-sharqiy qismi; 2) bu tekislikni sharq tomondan o‘rab olgan tog‘ etaklari
            va  Zarafshon  hamda  Hisor  tizma  tog‘larining  tog‘  oldi  nishabliklari  3)  shu

            ikkala  tizma  tog‘lar  o‘rtasida  joylashgan  Kitob-Shahrisabz  botig‘i.  Kitob-
            Shahrisabz botig‘i akkumulyativ tekislikdan iboratdir. Bu botiqni o‘rab turgan
            tog‘  tizmalaridan  oqib  tushayotgan  daryolarning  yoyilmalarida  yig‘ilgan
            to‘rtlamchi  davr  keltirilmalaridan,  tog‘oldi  nishabliklaridan  lyossimon
            jinslardan va Qashqadaryo hamda uning irmoqlarining allyuvial yotqiziqlaridan
            tarkib topgan.



                                                            83
   78   79   80   81   82   83   84   85   86   87   88