Page 87 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 87

2). Loylangan, ba’zan kuchsiz loylangan va shu xossasi bilan ona jinsiga
            nisbatan og‘ir hamda zichroq qatlamning mavjudligi;
                      3).Gumusli qatlamining yuqori qatlami donador, g‘ovak, pastki qatlami

            esa  har  xil  kattalikdagi,shakldagi  yong‘oqchasimon    kesakchali  va  changli
            strukturalidir. Bu qatlam odatda g‘ovak kam chirindili bo‘lakchalardan tashkil
            topganligi sababli ular suvga chidamsiz hisoblanadi;
                    4).  Karbonatli  qatlam  kesmaning  yuqori  qatlamida    morfologik  jixatdan
            yaxshi  ifodalanmasdan,  o‘rta  va  pastki  qatlamlarida  oq  ko‘zlar  (beloglazki),
            oqish pardalar ko‘rinishida bo‘ladi. Bu qatlamda turli o‘lchamdagi zarrachalar
            mavjud bo‘lsada, zarralari suvga chidamsizdir.

                     Karbonatli  jigarrang  tuproqlar  odatda  melkozyomli  uncha-muncha
            skeletli  dellyuvial,  prolyuvial,  ba’zan  prolyuvial  lyossimon  yotqiziqlar  ustida
            rivojlangan.  Tuproq  qatlamining  qalinligi  bevosita  rel’ef  sharoiti  va  tog‘
            qiyaliklarining quyoshga bo‘lgan holatiga qarab katta oraliqda bo‘ladi.
                      10-kesma.18  may  1996  yil.  L.Tursunov,  S.Yusupov.  Bodomzor

            qishlog‘idan  1500-2000  metr  shimolda,  tog‘  yonbag‘rining  janubiy  qismi,
                                0
            nishabligi 12-15 ,  o‘simlik qoplami uncha qalin emas, butalar va archalar mav-
            jud, tuproq yuzasi o‘rta darajada eroziyaga uchragan. Tuprog‘i tog‘ jigarrang,
            karbonatli, o‘rta qumoq.
                     Ach.  0-5sm.  Chimli  qatlam  to‘q  kulrang,  biroz  jigarrang  tusli,  o‘rta
            qumoq,  donador  sochiluvchan,  g‘ovak  pastki  qatlamga  tomon  zichlashgan,
            yomg‘ir ta’sirida namlangan, tuproq. Yuzasida xar xil shakldagi va kattalikdagi
            mayda  chag‘ir  toshchalar  mavjud,  10%  li  HCL  kislota    ta’sirida  qaynaydi,

            keyingi qatlamga rangi-tusi  va zichligi orqali asta-sekinlik bilan o‘tadi.
                      A.5-17sm. Chim osti qatlam jigarrang, biroz qo‘ng‘ir tusli, og‘ir qumoq,
            yong‘oqchasimon,  turli  shakldagi  kesakchali,  zichlashgan,  yuqori  qismi
            nisbatan  bo‘shroq,  serildizli,  chiqindilar  bilan  to‘lgan  tuproq  hayvonlarining
            inlari  mavjud,  mayda  chag‘ir  toshlar  bor,  10%  xlorid  kislota  ta’siri  yaxshi

            qaynaydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi-tusi orqali.
                     B.17-43sm. Och jigarrang, biroz qo‘ng‘ir tusli, og‘ir qumoq zichlashgan,
            mayda toshchalar uchrab turadi, mayda kesakchali, o‘simlik ildizchalari ko‘p,
            onda-sonda  buta  va  daraxtlar  ildizi,  hasharotlar  inlari  uchraydi,  karbo-natlar
            oqish  dog‘lar,  oq  ko‘z  qattiq  donachalar  va  birikmalar  holida  uchraydi  10%
            HCL kislotada kuchli qaynaydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi orqali o‘tadi.
                     C.43-78sm. Oqish, jigarrang tovlanuvchi,  o‘rta qumoq, yuqori qatlamga

            nisbatan  zichlashgan,  toshchali,  o‘simlik  ildizlari  juda  kam,  biroq  butalar  va
            daraxtlar  ildizlari  uchraydi,  hasharotlar  faoliyati  kam  ifodalangan,  kar-bonatli
            birikmalar miqdori yuqori qismida ko‘p bo‘lsada, pastga tomon kamayadi.
                     D.80-85sm. chuqurlikdan dag‘al skeletli dellyuvial qatlam boshlanadi.
                  Morfologik  tuzilishiga ko‘ra karbonatli jigarrang tuproqlar qisqa qatlamga
            ega.



                                                            87
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92