Page 89 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 89

to‘lgan.  10%  HCL  kislota  ta’sirida  sekin  qaynaydi,  keyingi  qatlamga  o‘tish
            rangi-tusi orqali.
                      B2. 32-76sm. Och jigarrang, biroz kulrang tusli, nam, og‘ir qumoq, juda

            tez  uvalanuvchi  har  xil  kattalikdagi  va  shakldagi  kesakchalar,  o‘simlikning
            mayda  ildizlari,  turli  kattalikdagi  daraxt  va  buta  ildizlari  hamda  tuproq
            jonzotlarining    uyalari  uchraydi.  Qatlamning  quyi  qismida  karbonatli  dog‘lar
            paydo  bo‘la  boshlaydi  va  bular  keyingi  qatlamga  o‘tishda  asosiy  morfologik
            belgi hisoblanadi.
                   B3G‘C176-95sm. Och kulrang, jigarrang tusli, namlangan, o‘rta qumoq, tez
            uvalanuvchi  kesakchalar  mavjud,  o‘simlik  ildizchalarining  miqdori  keskin

            kamayadi,  biroq  buta  va  daraxtlarning  mayda  ildizlari  uchraydi,  hasharot
            uyalari uchrasada, ular kam va chiqindilar bilan to‘lgan, butun qatlam devorida
            oqish pardalar va turli qattiqlikdagi oq ko‘zchalar (beloglazki) mavjud, ularning
            soni  qatlamning  pastki  qismida  kamayadi,  bu  esa  keyingi  qatlamga  o‘tishda
            asosiy morfologik belgi hisoblanadi [L.Tursunov, A. Xonazarov].

                   C295-150sm.  Sarg‘ish,  biroz  qo‘ng‘ir-jigarrang  tusli,  namlangan,
            strukturasiz,  o‘rta  qumoqli,  o‘simlik  ildizchalari  kam  uchraydigan,  deyarli
            tuproq jonzotlarining uyalari va izlari yo‘q, 10% li HCL ta’sirida qaynaydigan
            lyossimon yotqiziq.
                    Qashqadaryo  havzasining  yuqori  qismida  tog‘  yonbag‘irlarining  sernam,
            keng  bargli  buta-daraxt  va  aralash  o‘t-o‘simliklar  fonida  ishqorsizlangan
            jigarrang  tuproqlar  rivojlangan.  Bu  tuproqlar  o‘zining  quyidagi  morfologik
            belgilari bilan boshqa jigarrang tipcha tuproqlardan farqlanadi:

                     1).Sergumusli, koramtir-qo‘ng‘ir, jigarrang tusli qalin gumusli qatlamning
            mavjudligi  va  bu  qatlamning  yuqori  qismi  mustahkam  chimli  qatlam  bilan
            qoplanganligi,  chimli  qatlam  uchun  donador  kesakchali,  asosan  «tuproq
            marjonlaridan» tashkil topgan g‘ovak strukturaga egaligi;
                    2).Tuproq  qatlamining  o‘rta  qismida  yaxshi  ifodalangan  loyqali-illyuvial

            qatlamning mavjudligi;
                   3). Tuproq qatlamining quyi qismida karbonatli qatlamning mavjudligi.
                  Tog‘  jigarrang  ishqorsizlangan  tuproqlar  uchun  o‘ziga  xos  bo‘lgan
            morfogenetik belgilarga va ayrim kimyoviy xossalarga ega.
                    Jigarrang  ishqorsizlangan  tuproqlarning  morfologik  belgilarini  17-kesma
            misolida tahlilida ko‘rish mumkin.
                    17-kesma.  18  may  1996  yil  L.Tursunov,  S.Yusupov.  Bodomzor

            qishlog‘idan  2200metr  shimolda  tog‘ning  shimoliy  yon  bag‘rida,  o‘t-
            o‘simliklari  yaxshi  rivojlangan,  qalin  archazor,  ular  keng  bargli  daraxt  va
            butalar bilan aralashgan. Tuproq yuzasi kam yuvilgan, yumshoq, nishabligi 3-
              0
            5 . Tuprog‘i ishqorsizlangan tog‘ jigarrang tuproqdan iborat.
                     Ach.0-6sm. Juda mustahkam chimlangan to‘q jigarrang, yomg‘ir ta’sirida
            namlanganligi tufayli qoramtir tusli,  o‘rta qumoq,  donador yaxshi uvalanuvchi

            agregatlar  juda  ko‘p,    «tuproq  marjonlari»  uchraydi,  tuproq  yuzasida  eroziya
                                                            89
   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94