Page 91 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 91

yotqiziqlardan  tashkil  topgan  tog‘  yonbag‘irlari  (suv  ayirgich)  chag‘ir-toshli,
            skeletli  melkozyomlar  hamda  lyoss,  lyossimon  yotqiziqlar  ustida  hosil
            bo‘lganligi  tufayli  turli  mexanik  tarkibga  ega.  Tog‘  jigarrang  tuproqlarning

            skeletlilik  xususiyatiga  ega  ekanligini  ko‘rsatib  o‘tish  lozim.  Skeletlilik
            karbonatli  jigarrang  tuproqlar  uchun  o‘ziga  xos  bo‘lgan  xususiyatdir.  Tog‘
            jigarrang  tuproqlarning  skeletli  qismi  (>1  mm)  10-20%  gacha,  chuqur,ona
            jinsiga  yaqin  qatlamida  esa  60-70%  gacha  bo‘ladi.  Bu  tipcha  tuprog‘ining
            rel’efi  jihatidan  shakllanish  va  rivojlanish  sharoiti  bilan  izohlanadi.  Tipik  va
            ishqorsizlangan jigarrang tuproqlarda skeletlilik unchalik aniq emas, ba’zan 1-
            5%    atrofida  ona  jinsda  uchraydi.    Tog‘  jigarrang  tuproqlarning  mexanik  va

            agregat  tarkiblari  asosan  engil  va  o‘rta  qumoq,  quyi  qatlamlari  biroz
            og‘irlashgan mexanik tarkibli. Tuproqlarda yirik chang zarrachalar (0,05-0,01
            mm) ko‘p bo‘lsada (45-50%), qatlamlar bo‘yicha ularning tarqalishida farq bor.
                     Jigarrang  tuproqlarning  barcha  tipchalarida  bu  zarrachalar  miqdori  29-
            32%  dan  oshmaydi.  Og‘ir  qumoq  mexanik  tarkibli  qatlamga  to‘g‘ri  kelsada,

            bunday hol tipik bo‘z tuproqlarning shu xildagi mexanik tarkibida uchramaydi.
            Jigarrang  tuproqlar  mexanik  tarkibining  ikkinchi  tarafi,  ulardagi  qum
            zarrachalari miqdorining ko‘pligidadir. Mana shu ikkita o‘ziga xos xususiyatlar
            tuproqlarni  hosil  qiluvchi  yotqiziqlar  sof  lyoss  yoki  lyossimon  bo‘lmasdan,
            balki prollyuvial, qolaversa, dellyuvial tipdagi melkozyomli, ba’zan lyossimon
            tabiatidagi yotqiziqlar ekanligi bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘rta (0,01-0,005mm) va
            mayda chang (0,005-0,001mm) zarrachalari tarqalishidagi asosiy qonuniyat-bu
            zarrachalar-ning mexanik tarkib bo‘yicha og‘irlashib borishi bilan miqdorining

            oshishi  hisoblanadi,  Umuman  olganda,  bu  zarrachalarning  miqdori  kesma
            bo‘yicha  katta  oralikda  15-30%  o‘rtasida  tebranishi  hisoblanadi.  Ayniqsa,  bu
            o‘rinda mayda chang (0,005-0,001 mm), ayrim adabiyotlarda il oldi zarrachasi
            ham  deb  yuritiladi,  miqdori  16-17%  atrofida  bo‘lishini  ko‘rsatish  lozim.  Il
            (<0,001 mm) zarrachasi esa yuqori qatlamlarda 10-12% bo‘lsa, kesmaning o‘rta

            qismida 14-19%, eng pastki ona jinsida esa yana kamayib, 12-14% ni tashkil
            qiladi.  Keltirilgan  ma’lumotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  tog‘  jigarrang  tuproqlarida
            ham loylanish jarayoni kuzatildi. Bu jarayon karbonatli tuproqlarda 10-15sm.
            chuqurlikdan boshlansa, tipik va ishqorsizlangan tuproqlarda esa 15-20sm.dan
            boshlanadi. Loylanish qatlamining qalinligi, bu jarayonning qatlamlarda  aniq
            ifodalanishi,  albatta,  tuproq  hosil  bo‘lish  sharoiti  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu
            jarayon  tipik  va  ishqorsizlangan  jigarrang  tuproqlarda  yaxshi  ifodalangan  va

            ancha qalin qatlamni tashkil qiladi.
                    Ikkinchi tomondan, mo‘‘tadil sernam iqlim, sernamlik gumusning ko‘proq
            paydo  bo‘lishi  uchun  imkoniyat  tug‘diradi.  Shu  sababli  u  ishqorsizlangan
            tuproqlarning  yuza  qismida  yuqori  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lib,  chimli
            qatlamning nim ostida 3,0-3,5%, yarim metrlik (0-50 sm) qatlamda esa 2,0%
            atrofida  bo‘ladi.  Unga  mos  ravishda  umumiy  azot  ham  0,4-0,7%  atrofida

            saqlanadi.  Sergumusliligi  va  umumiy  azotga  boyligi,  tuproqlardagi  umumiy
                                                            91
   86   87   88   89   90   91   92   93   94   95   96