Page 95 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 95
Nurota tog‘larining janubiy-sharqiy qismini Qo‘ytosh tog‘lari egallagan.
Qo‘ytosh tog‘lari shimoliy-g‘arbda Sovurbel dovonidan janubiy-sharqda esa
Sangzor daryosigacha cho‘zilib boradi. Uzunligi 70km, o‘rtacha balandligi
1260metr. Shimoliy Nurota tog‘larining markaziy qismi nisbatan baland,
o‘rtacha balandligi 1750metr. Eng baland cho‘qqilar: Zargar-2169 metr, Katta
Fozilmon-2134 metr, Qarchig‘ay-2105 metr va boshqa cho‘qqilar joylashgan.
Shimoliy Nurota tog‘larining shimoliy-g‘arbiy qismi uncha baland emas,
o‘rtacha balandligi 900-1100 metr. Janubiy Nurota tog‘lari bir qancha
meridional vodiylar bilan o‘ralgan; janubiy-sharqdan shimoliy-g‘arbga
cho‘zilgan Ro‘bdintog‘, Qaroqchitog‘, Oqtog‘dan iborat. Oqtog‘ning shimoliy-
g‘arbiy qismining janubidagi Qoratog‘ ham janubiy Nurota tog‘lariga kiradi. Bu
tog‘lar bir-biridan Qo‘shrabot, Qo‘ytosh na Nurota botiqlari orqali ajralib
turadi. Nurota tog‘lari shimoliy-g‘arbga tomon 170km.ga cho‘zilgan. O‘rtacha
balandligi 1000-1500metr. Ularning g‘arbiy qismi asta-sekin pasaya borib,
Karmana cho‘liga qo‘shilib ketadi. Paleozoy davrining ohaktosh, qumtosh va
slaneslaridan, metamorfik jinslardan tarkib topgan. Otqindi jinslar ham ko‘p.
Litologik-geomorfologik tuzilishi va rel’efi. Nurota tog‘ining geologik
tuzilishi paleozoy va mezazoy davrlarining yotqiziqlaridan tashkil topgan
bo‘lib, asosan, ohaktosh va slaneslar keng tarqalgan. Ohaktoshlar yupqa plitali,
to‘q kulrang, qumli, slaneslarning tusi yashimtir rangda.
Turli xil qalinliqdagi va rangdagi granitlar, granolanitlar, konglomeratlar
qolgan qismini tashkil etadi. Ular o‘rta Oqtog‘ tog‘larida tarqalgan. Qoratog‘,
Oqtog‘ va qisman Pashot past tog‘lari ohaktoshlar, marmarlangan jinslar
konglomeratlarning ksskin o‘zgargan qisman gips hosil qiluvchi qatlamlarndan
tashkil topgan. Pashot tog‘lari asosan granitlar, granodioritlar bilan, shleyflar
esa marmardan va kamdan-kam slanetslardan tashkil toptan.
Oqtog‘ning o‘rta tog‘larida tuproqning kam chirindiligiga sabab, uning
Pashot past tog‘larida tuproqning paydo bo‘lishining boshlang‘ich bosqichida
rivojlanganligi va uning dag‘al prollyuvial-elyuvial yotqiziqlarida
rivojlanishidan dalolat beradi. Oqtog‘ tog‘larining g‘arbiy, sharqiy, shimoli-
sharqiy yonbag‘irlarida, Qoratog‘ shimoliy va janubiy yonbag‘irlarida yumshoq
elyuviy va prollyuviyda kam chirindili tuproqlar rivojlanib, ba’zi joylarda
asosiy tor jinslarining yuzaga chiqish hollari mavjud.
Qoratog‘ tog‘lariga tutashgan ba’zi o‘r-qirli sarg‘ish rangdagi joylar tuproq
paydo qiluvchi jins bo‘lib xizmat qiladi. O‘r-qirli joylar katta hududlarda
to‘rtlamchi davr kam chirindili qatlami bilan qoplangan. Bu holda elyuvial-
prollyuvial qatlamlar ba’zi joylarda katta miqdordagi gipsga ega cho‘kindi
jinslar tuproq paydo qiluvchi yotqiziqlar hisoblanadi.
Pashot tog‘lari janubiy yonbag‘irlari hududi granitlar, anodo-dioritlardan
tashkil topgan, ya’ni kislotali jinslar va ularning emirilishi mahsulotlari bo‘lib,
bularda tuproqlar paydo bo‘lib, qumloqli tuproqlardan va qumlardan iborat.
95