Page 100 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 100
yanvar, fevral bo‘lib, harorat +0,2° dan -1,3°C atrofida. Qish oylarining
0
maksimal harorati -23 -29°C darajagacha tushadi.
O‘zbekistonning lalmikor hudduddarida tuproq qoplamining muzlashi
yilning kelishiga qarab turlicha bo‘lib, u 10 sm dan 57 sm ga o‘zgarib turadi.
Bu qor qoplamining qalinligi, qiyalikning ekspozitsiyasi va o‘simlik
qoplamining mavjudligi bilan bog‘liq. Nurota tumani xududidagi tuproqlarning
namligi to‘grisida ma’lumotlar mavjud emas. Umumiy tavsiflash uchun
«Kattaqo‘rgon» meteostansiyasi bo‘yicha olingan yogingarchilik miqdori 282
mm bo‘lib, u «Nurota»ga nisbatan 76 mm ga ko‘p. Shuni ta’killab ugish kerak-
ki, bu yogingarchilikning ko‘p miqdori asosan qishki pa bahorgi davrda yog‘ib
utadi.
Iliq kunlar «Kattaqo‘rgon» meteostansiyasi ma’lumoti bo‘yicha 177,
«Nurota» meteostansiyasi ma’lumoti bo‘yicha esa 202 kunni, qor bilan
qoplamgan kunlar ko‘pi «Kattaqo‘rgon» da 28 kun va «Nurota»da 21 kunni
tashkil egadi.
Lalmikor dehqonchilikda qish-bahorgi yarim yillik yogin-sochin muhim
hisoblanadi. Bu vaqtda yogingarchilikning asosiy miqdori yogib utadi, tuproqda
nam yigilishi yuz beradi, tuproq hosil bo‘lish jarayonlari intensiv bo‘lib,
nihoyat ko‘zgi qishloq xo‘jalik ekinlarining qishlovi va rivojlanishi uchun
maqbul xaro-rat sharoitlari paydo bo‘ladi. Lalmi yerlardagi hosilni belgilovchi
muhim omil tuproqning namlilik tartibi hisoblanadi. Lalmikor hududning bo‘z
tuproqlari yuvilib kstmaydigan suv tartibi bilan ta’riflanadi. Yogingarchiliklar
faqat tuproqning chuqur bo‘lma-gan yuza 50-100 sm dan 150-180 sm gacha
bo‘lgan qismiga o‘z ta’sirini utkazadi. Lalmikor sharoitda qishloq xo‘jaligi
o‘simliklariiing unib chiqishi va o‘sishi kuzgi-qishki na qishki-bahorgi davrda
yig‘ilgan namlik hisobiga yuz beradi. Aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab,
yog‘ingarchiklar to‘xtaydi va tuproq namligining sarflanish jarayoni avj oladi.
Yozgi davrda tuproq qurib ketadi, hosil yig‘ishtirib olingandan so‘ng, uning
tuproq ustki qismiga ishlov berish qiyinlashadi.
O‘simliklar qoplami va tuproq jonzotlari. Yaylov va qirlarni
hududlashtirish bo‘yicha hududning o‘rta qismini Zarafshon okrugiga va
Razgon yaylov iqlimiy hududiga kiritish mumkin. Bu hudud o‘simliklarining
quyidagi turlar tashkil etadi: Tekisliklar o‘simliklarining arid turi. Adirlarning
subarid turi.
Yaylovlarning gumid turi. Bu hududda qo‘ng‘irbosh, mayin shuvoq,
mingbosh, qo‘ziquloq, isfarak, oqquray, karrak, lolaqizgaldoq, chitir,
kemiksupurgi, chirmoviq, cho‘l yalpiz, ajriq, bodom, tog‘olcha, zirk, tog
‘shuvoq, tog‘ piyoz, otquloq, bug‘doyiq, kiyiko‘t, lola, zarang, chistan, archa,
o‘rik, erqunoq, lolaqizg‘aldoq va boshqa o‘simliklarni uchratish mumkin.
Hududda juda ko‘p miqdorda turli xil organizmlar ham uchraydi. Tuproqda o‘z
hayotini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos hayvonot dunyosi: ilon,
kaltakesak, sichqon, yumronqoziq, ko‘rsichqon, kalamush, chuvalchang va
100