Page 101 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 101
boshqalar uchraydi. Ular yerni qazish, yumshatish, ma’lum darajada yangi
strukturali yaralmalarni vujudga keltirish va tuproq qatlamlarini bir-biri bilan
aralashtirish, tuproqiing suv-havo tartibiga ta’sir ko‘rsatishi bilan ishtirok etadi.
Tipratikan, toshbaqa, qushlardan: to‘rg‘ay, mayna, chumchuq, zag‘izgon,
ko‘katra, burgut, qirg‘iy kabi qushlar va boshqa jonivorlar bu hududda ko‘plab
uchraydi.
Nurota tog‘ining tog‘ jigarrang tuproqlarning morfologik tavsifi.
O‘zbekistonning tog‘ tizmasida tog‘ jigarrang tuproqlar keng tarqalgan bo‘lib,
o‘zlarining geografik joylashishiga, ayniqsa, tog‘ qiyaliklarining holatiga qarab
bir-birlaridan farqlanadi. Nurota tog‘ tizmasida respublikaning janubiy qismida
joylashgan uncha baland bo‘lmagan hamda yog‘inlarning kam bo‘lishi bilan
boshqa tog‘li o‘lkalardan ajralib turadi. Nuroga tog‘ tizmasida tarqalgan
jigarrang tuproqlarning ayrim morfologik va agrokimyoviy xossalarini boshqa
tog‘ tizimlarida tarqalgan tuproqlar bilan qiyosiy tavsiflash mumkin.
Tog‘ jigarrang tuproqlar bu yerdagi o‘rga tog‘larning dengiz sathidan
1250-1350metr balandlikdagi lentasimon, orolsimon shaklda, juda dag‘al
dellyuviy, prollyuviy yotqiziqyaari ustida, ayrim hollarda yirik tog‘ jinslari
yuziga chiqqan holatda rivojlangan. tog‘ qiyaliklari 2°-20° gacha bo‘lgan
nishablikka ega bo‘lib, janubiy, janubiy-sharqiy qiyaliklari kam melkozyomli,
shimoliy-sharqiy, ayniqsa, shimoliy qiyaliklarida melkozyomlar ancha qalin
joylashgan. Melkozyomlarning bu holatiga qarab o‘simlik qoplami ham
o‘zgargan. Nurota tog‘ tizmasidagi o‘rta va past tog‘larda tarqalgan tog‘
jigarrang tuproqlarning gumusli qatlami juda qisqa bo‘lib, mayda zarrali,
sertoshli. Umumiy genetik xususiyat bilan ushbu tuproqlar respublikamizning
tog‘li hududlarida tarqalgan jigarrang tuproqlardan farqlanadi.
Tog‘ jigarrang tuproqlari qalin melkozyomli yotqiziq ustida rivojlangan va
genetik qatlamlari quyidagi morfologik belgilarga ega: to‘q sur tusli, jigarrang-
qo‘ng‘ir tusli, o‘simlik ildizlari juda ko‘p bo‘lgan (chim hosil qiluvchi), mayda
kesakchali-yongoqchali agregatlari mavjud, qalinligi 7-10 sm bo‘lgan chimli
qatlam, ostida esa sur-qo‘ng‘ir tusli, yaxshi kesakchali, zich, o‘simlik ildizlari
va tuproq jonzotlarining inlari, ularning chiqindilarining qalinligi 15- 20 sm
bo‘lgan chim osti qatlam, pastroqda qo‘ng‘ir rangli, biroq jigarrang
tovlanuvchi, yaxshi agregatlangan (kesakchali yong‘oqchasimon) har xil
toshchalari, karbonat dog‘lari va birikmalari uchraydi. Bu qatlam juda sezilarli
holatda mayda zarrali o‘ta shagalli dellyuvial-prollyuvialli yotqiziq bo‘lib, u
asta-sekin ona jinsiga o‘tgan.
Melkozyomi kam yoki ona jinsi yuzaga chiqib qolgan maydonlarda tog‘
jigarrang tuproqlar juda qisqa hamda sertosh chirindili qatlamga (0-25 dan 30
sm) ega. Nurota tog‘ tizmasining suv ayirg‘ichlarida va shimoliy qiyaliklarida
uncha katta bo‘lmagan maydonlarda genetik profillari to‘la takomillashgan tog‘
jigarrang tuproqlarini uchratish mumkin. Asosiy maydonda qisqa profilli,
sertoshli, karbonatlari yuzaga chiqib qolgan tog‘ jigarrang tuproqlarini
101