Page 106 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 106
9. Baland tog‘ mintaqasining och tusli qo‘ng‘ir o‘tloqi va o‘tloqi-dasht
tuproqlarning geografik joylashishi?
10.O‘zbekistondagi Subalp va Alp zonaning umumiy maydoni qancha?
11.Kitob-Shaxrisabz botig‘ining geografik joylashishi, iqlimi va tuproqlari?
12. Xisor va Boysun tog‘i tuproqlarning geografik joylashishi va balandligi?
13.Xisor, Boysun, Bobotog‘ va Ko‘hitang tog‘larining iqlim sharoitlari?
14. Nurota tog‘i tuproqlarning geografik joylashishi va tuproqlari?
15. Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos tabiyati va tarqalgan tog‘ tuproqlari?
9-mavzu. TUPROQLARDA EROZIYA JARAYONLARI
Eroziya lotincha erosio-emirilish, o‘yilish, yuvilish degan ma’noni
anglatadi. Eroziya turlari-2xil bo‘ladi: 1.Suv eroziyasi, 2.Shamol eroziyasi
(deflyasiya). Hozirgi davrda dunyoda «yuvilish va suv eroziyasi ta’sirida
buzilgan yerlar 10,9 mln/ga (56 %), shamol ta’sirida yemirilgan yerlar 5,5
mln/ga (28%), kimyoviy degradatsiyaga (gumus va biogen moddalar
kamaygan, sho‘rlangan, ifloslangan va boshqalar) uchragan yerlar 2,4 mln/ga
(12%), fizik degradatsiyaga uchragan (zichlashgan, botqoqlashgan, cho‘kkan va
boshqalar) yerlar 0,8 mln/ga (4 %) bo‘lib, jami maydon 19,6 mln.gektarga
tengdir. Shu sababli dunyo mamlakatlarida tabiiy va antropogen omillar
ta’sirida degradatsiyaga uchragan yer maydonlarini unumdorligini saqlash,
oshirish va meliorativ holatini yaxshilash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Dunyoda tuproqlarning hozirgi holatini va ularni antropogen omillar
ta’sirida o‘zgarishini aniqlash, meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini
saqlash va oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Jumladan, tuproqlarni morfo-genetik belgilari, kimyoviy tarkibi va
tuproq paydo bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, antropogen
omillar ta’sirida yuzaga kelgan salbiy holatlarni aniqlash, oqibatlarini bartaraf
etish, meliorativ holatini yaxshilash hamda unumdorligini saqlash va oshirishga
doir tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yerning rel’efiga bog‘liq: 1.Suv eroziyasi tog‘li va tog‘ oldi xududlardagi
qiyaliklarda yuz beradi. 2.Shamol eroziyasi-(deflyasiya) shamolning tezligi 12-
15metr/sekunddan oshsa yuz beradi; Suv eroziyasi ham 2ga bo‘linadi-
1.Yoppasiga yuvilish va uzunasiga yuvilish (jarlanish) 0,5sm.dan-
1,5metrgacha chuqurliklar yuzaga keladi. 2.Irrigatsion eroziya yerlarni noto‘g‘ri
sug‘orishdan yuzaga keladi.
1-3 gradusgacha bo‘lgan qiyalikda- 10-15 t/ga; 3-5 gradusgacha bo‘lgan
qiyalikda-15-25 t/ga; 5-7 gradusgacha bo‘lgan qiyalikda-25-35 t/ga; 7-10
gradusgacha bo‘lgan qiyalikda- 35-50 t/ga tuproq pastga yuviladi.
1gradusgacha: eroziyaga uchramagan yerlar: 77,3%; 1-3gradusgacha: kam
eroziyaga uchragan yerlar-7,6%; 3-5gradusgacha: o‘rtacha eroziyaga uchragan
yerlar; 5-7 gradusgacha: kuchli eroziyalangan yerlar-7-10 gradusgacha: juda
kuchli eroziyalangan yerlar-6,5%, 10-15gradusdan yuqori-8,6% ni tashkil
106